Breaking News

"Islomiy davlat"ga qo'shilgan ayol Amerikaga qaytmoqchi


"Islomiy davlat" safida bo'lgan ayol AQShga qaytmoqchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:10 0:00

"Islomiy davlat" safida bo'lgan ayol AQShga qaytmoqchi

“Islomiy davlat” terror guruhiga qo’shilgan ayol Suriyadan Qo’shma Shtatlarga qayta olmaydi, u AQSh fuqarosi emas, demoqda Davlat kotibi Mayk Pompeo. Hoda Mutana 2014-yilda Suriyaga jo’nab ketgan, o’sha yerdan turib ijtimoiy tarmoqlar orqali amerikaliklarni o’ldirishga undagan. Ayol endi AQShga qaytmoqchi. Uning otasi qizining Amerika fuqarosi ekanini da’vo qilib, Tramp ma’muriyatini sudga bergan.

Hoda Mutana AQShga qadam qo’yishi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishini biladi, u bunga tayyor. AQSh hukumatiga ko’ra, uning otasi Amerikada diplomat maqomida bo’lgani uchun qizi fuqaro emas. Mutana Suriyada jihodchilar bilan uch marta oila qurgan, bir bolasi bor.

“Hozir Suriyada 800 dan ortiq terrorchi hibsda. Hoda Mutana ulardan biri. U Amerika fuqarosi emas va Amerikaga qo’yilmaydi”, - deydi AQSh bosh diplomati Mayk Pompeo.

Hoda Mutananing otasi sud orqali qizining fuqaro ekanini isbotlamoqchi. U 1990-yillarda Nyu-Yorkda Yaman diplomati bo’lgan. Oilaning advokatiga ko’ra, Mutana otasining diplomatlik faoliyati tugatilganidan keyin tug’ilgan.

“AQSh fuqarosi sifatida qonun oldida javob berishi kerak. Ishonchim komilki, unga jiddiy ayblov qo’yiladi. Hoda Mutana qonun oldida javob berishga tayyor. Uning miyasini zaharlashgan, xato qilganini biladi”, - deydi advokat.

Hoda Mutana 2014-yilda “Islomiy davlat”ga qo’shilish uchun Alabama shtatidan Suriyaga ketgan. Ota-onasining bundan xabari bo’lmagan.

Advokatning aytishicha, u qatori 200 nafar ayol hibsda saqlangan va jihodchilardan biriga turmushga chiqmaguncha qo’yib yuborilmagan.

Qo’shma Shtatlarda tug’ilgan odam, qonunga ko’ra, avtomatik ravishda fuqarolikni qo’lga kiritadi, ammo xorijiy diplomatlarning farzandlari bundan mustasno.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG