Breaking News

Ismat Rahimiy - o'zbekning kamtarin, jafokash va ma'rifatparvar shoiri


Sho’rolar davrida Tojikiston o’zbek ziyolilari orasida zamon va muhit makonida ilgarilab ketgan ijodkorlar ancha bo’lgan. Shulardan biri, shimoliy Tojikiston Konibodom nohiyasining Sho’rqo’rg’on qishlog’ida tug’ilib, kollektivlashtirish davrida Andijonning Butaqora qishlog’idagi kolxoz yoshlar maktabida ta’lim olgan Ismat Rahimiy (Rahimov) edi.

1941-yil kuzida frontga jo’natilgan shoir va dramaturg. Ma’rifatparvar o’qituvchi Ikkinchi jahon urushi yeillarida ham ijodini to’xtatmadi.

1943-yilda Ukrainadagi janglarda qattiq yaralanib fashistlar asir olgan shoir Polsha, Germaniya va Fransiyadagi konsentrasion lagerlarda bo’lgan. 1944-yilda AQSh ittifoqchi qo’shinlari tomonidan harbiy lagerdan ozod etilib, o’zbek ziyolisi olti oy Angliyadagi saralash lagerida bo’ldi va vataniga qaytarildi.

Urush jarohati, asirlik va undan so’ng Sovet yeridagi NKVD tekshiruv lagerlari asorati shoirni dardchil qilib qo’ygan bo’lsa-da, u ma’rifatparvarlik faoliyatini to’xtatmadi, elga xizmatni oliy burch hisoblab, har qancha qiynalmasin adolat uchun kurashni davom ettirdi.

Ismat Rahimiy o’z ijod namunalarini to’plam holida ko’rishni bir umr orzu qilardi.

Ammo urush davri jarohatlari, harbiy asirlik tamg’asi va og’ir kasallik bunga imkon bermadi. 1973-yilda ayni barkamol 51 yoshida yurak xuruji sabab yo’rug’ olamdan ko’z yumdi.

Tojikiston So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi nodavlat tashkiloti shoirning ijod namunalari bilan o’quvchilarni mustaqil “Ma’naviyat” gazetasi va “Sharqnoma” jurnallarida elga taqdim etdi, so’ngra esa barcha ijod namunalarini to’plab uch kitob holida nashr etdi.

Sovet tuzumi yillarida jamiyat ko’rinishlarini nozik iboralarda tasvirlab kelgan o’zbek ijodkori Ismat Rahimiyning vafotiga 40 yil to’lishi munosabati bilan uning xotira va ijod kechasi uning ona qishlog’i – Sho’rqo’rg’onda o’tdi.
XS
SM
MD
LG