Breaking News

G'arbiy sohilda isroillik ekstremistlar falastinliklar xonadonini yoqib yubordi


G'arbiy sohilning Nablus shahri yaqinida, Duma qishlog'idagi xonadon yoqib yuborilgan.
G'arbiy sohilning Nablus shahri yaqinida, Duma qishlog'idagi xonadon yoqib yuborilgan.

Isroil politsiyasining bildirishicha, Iordan daryosining g'arbiy sohilida yahudiy ekstremistlar sodir etgan yong'inda falastinlik go'dak nobud bo'lib, bir necha kishi jarohatlangan.

Rasmiylar deydiki, Duma qishlog'idagi xonadon yoqib ketilib, devoriga yahudiy tilida yozib ketilgan. Isroil politsiyasi hujumchilarni qidirmoqda.

Falastin tomoni voqeada Isroilni ayblayapti.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hujumni tanqid qilmoqda. "Vahshiyona, nafratomuz bir hujum bi. Terrorizm bu. Isroil hukumati ijrochilar kim bo'lishidan qat'i nazar terrorchilarni javobgarlikka tortadi", - deydi u.

Isroillik ekstremistlar yillar davomida falastinliklar, isroillik arablar va hatto Isroil harbiy bazalariga hujumlar uyushtirib keladi. Bu bilan ular Isroil hukumatining Falastinga nisbatan xayrixoh siyosatiga qarshilik bildiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG