Isroil G'azo sektorini yana havodan nishonga olmoqda. Mudofaa vazirligining bildirishicha, qiruvchi samolyotlar va vertolyotlar tunda XAMAS joylashuviga hujum qilgan. Falastin tomonidan Isroilga otilgan raketalarni esa havo mudofaa tizimi urib tushirgan.
Isroil XAMASning raketa va o'q-dori ishlab chiqarish inshootlari, harbiy obyektlar va tayyorgarlik bazalari nishonga olinganini ma'lum qildi.
Kuzatuvchilarga ko'ra, tomonlar 2014-yildagi 50 kunlik urushdan beri ilk bor qattiq olishgan.
"G'arbiy Sohil, Quddus va ayniqsa G'azo sektori og'ir kunlarni boshdan kechirmoqda. Isroillik istilochilar sektorga raketa va bombalar yog'dirdi. Istilochilar tinchlikni xohlamasligini ko'ryapmiz. Biz esa xohlaymiz va tinchlikni talab qilamiz", - deydi Falastin Muxtoriyati Prezidenti Mahmud Abbos.
Mart oxiridan beri Isroil harbiylari kamida 115 falastinlikni o'ldirib, keskin tanqidlarga uchradi. Isroil o'z navbatida XAMAS partiyasini zo'ravonliklarga turtki berganlikda ayblab, o'z chegaralarini himoya qilganini aytmoqda.
Qo'shma Shtatlar Isroilning G'azoga so'nggi hujumlarini muhokama qilish uchun BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.
Facebook Forum