Isroil ikki haftadan beri G’azoni havodan nishonga olmoqda. Bu mamlakat mudofaa vazirligining bildirishicha, XAMAS a’zolari ishlatadigan tunnellar va harakat qo’mondonlarining uylariga zarba berilgan.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G’azoga hujumlar hali-beri to’xtamasligini aytdi. 16-may kuni Isroil samolyotlari G’azoda uch imoratni yer bilan tekislab, kamida 42 odamni o’ldirgan.
XAMAS o’z navbatida Isroil aholi punktlarini nishonga oldi. Raketalardan biri Ashkelon shahridagi bir sinagogaga tekkan. Hech kim zarar ko’rmagan.
10-maydan beri boshlangan yangi ixtilofda kamida 198 falastinlik, jumladan 58 bola va 34 ayol qurbon bo’lgan, yaradorlar mingdan oshdi. Isroilda 10 odam, jumladan bir bola o’lgan.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Misr, Qatar, Pokiston, Saudiya Arabistoni va Fransiya tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qilib, mintaqadagi mojaroni to’xtatish yo’llarini muhokama qilgan.
Blinkenning aytishicha, Isroil o’zini mudofaa qilishga haqli, biroq jurnalistlar o’tirgan bir imoratning shanba kuni Isroil hujumida vayron qilingani AQShni tashvishga solgan.
Germaniya kansleri Angela Merkelning matbuot kotibi Steffen Sheybertning aytishicha, XAMAS harakati Isroilga qarshi “raketa terrori”ni bas qilishi kerak.
“XAMAS uni terrorchi tashkilotlar ro’yxatiga nega qo’shganimizni namoyish etdi”, - deydi rasmiy.
Unga ko’ra, XAMAS bilan yaqin aloqada bo’lgan Qatar hukumati guruhga ta’sirini o’tkazib, vaziyatni tinchlantirishga harakat qilishi kerak.
Facebook Forum