Breaking News

Livanda Isroil-”Hizbulloh” otashkesimi kuchga kirdi


Livanda Isroil va “Hizbulloh” o’rtasida seshanba kuni kelishilgan otashkesim chorshanba tongda kuchga kirishi bilan uylaridan qochgan bayrutliklar poytaxtga qayta boshladi. Janubda ham xalq uylariga yo’l oldi.

Xalqaro hayot - 27-noyabr, 2024-yil - Livanda Isroil-Hizbulloh otashkesimi kuchga kirdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:47 0:00

AQSh va Fransiya vositachiligida kelishilgan otashkesimni Eron ham, XAMAS ham olqishladi.

Ayrim kuzatuvchilar kelishuv G’azoda ham mojaroga barham berishda qo’l kelishini aytmoqda.

Otashkesim haqida seshanba peshinda e’lon qilgan AQSh Prezidenti Jo Bayden Isroil 60 kun ichida qo’shinlarini Livandan olib chiqishini, Isroil bilan chegaradagi hududlar nazoratini Livan armiyasi o’z qo’liga olishini ma’lum qildi.

Livan Tashqi ishlar vazirligiga ko’ra, Isroil askarlari Livanni tark etishi bilan janubiy hududlarga 5000 livanlik harbiy kiritiladi. Livan armiyasi Isroil-“Hizbulloh” urushiga aralashmagan.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Isroil otashkesimga rioya qilishini, ammo “Hizbulloh” uni buzsa, qattiq javob berishini aytdi.

“Harbiy harakatlarni olib borish uchun to’liq erkinlikni saqlab qolamiz va AQSh buni tushunadi. Agar “Hizbulloh” shartnomani buzadigan bo’lsa va qurollanishga harakat qilsa, hujum qilamiz. Terrorchi infratuzilmasini chegaramiz yonida qayta qurishga harakat qilsa, hujum qilamiz”, - dedi u.

Netanyaxu butun diqqatni G’azodagi amaliyotlarga qaratish kerakligini, XAMAS garovga olgan odamlarni ozod etish kerakligini aytadi.

“Kelasi bir necha kunda Qo’shma Shtatlar Turkiya, Misr, Qatar, Isroil va boshqalar bilan gaplashib, G’azoda ham otashkesimga erishishga urinib ko’radi”, - dedi Bayden.

Seshanba kuni BMTdagi forumga murojaatida Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Arag’chi Isroil hukumatini urush jinoyatlari va qatliomda ayblab, Xalqaro jinoiy sudning Isroil rahbarlarini hibsga olish qarorini olqishladi.

“Bosqin va aparteidga qarshi o’z taqdirini o’zi belgilashi huquqini ta’minlash uchun Falastin xalqiga qonuniy kurashida yordam berishga xalqaro qonun doirasida majburmiz”, - dedi u.

Otashkesimga doir kelishuvga ko’ra, “Hizbulloh” o’z kuchlarini Litoniy daryosining shimoliy qismiga, Isroil chegarasidan nariga ko’chirishi kerak.

AQSh va Fransiya kelishuv ijrosini nazorat qilishga yordam beradi.

G’azoliklar sektorga ham tinchlik qaytishiga umid qilmoqda.

“Har kuni shuni so’rab ibodat qilamiz. G’azo xalqi charchagan, bolalar charchagan”, - deydi bir g’azolik.

XAMAS bilan ko’p oylik muzokaralar natija bermadi. Isroil qo’shinlarini Livandan olib chiqishga rozi bo’ldi, ammo G’azodan chiqishga ko’nmayapti.

“Livanliklar uchun xursandman, ammo biz yolg’iz qolganimizdan xafaman. Ularda urush tugadi, bizda yana qancha davom etishini bilmaymiz”, - deydi yana bir falastinlik.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG