2012-yil oxirlab borar ekan, siyosatdonlar Isroil va Eron o’rtasidagi ziddiyatlar yanada avj olishini bashorat qilmoqda.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu fikricha, Eron shu ketishda yaqin orada atom bombasi yasash uchun yetarlicha uran moddasiga ega bo’ladi.
“Bizning qarashlarimiz o’zgarmagan. Islomiy respublika ikki-uch oy ichida biz chizgan qizil chiziqdan o’tishiga shubha yo’q. Kelasi yilning yirik muammosi deb shuni bilaman”, - deydi Netanyaxu.
Yahudiy davlati Eronning atom inshootlarini yakson qilishga shay ekani hamda, agar zarur bo’lsa, bu operatsiyani AQSh quvvatlovisiz ham amalga oshira olishini bildirgan. Eron, o’z navbatida, har qanday hujumga qaqshatqich javob beramiz deb ogohlantiryapti.
“Isroil dag’dag’asini jiddiy qabul qilmaymiz. Lekin har narsaga tayyormiz”, - deydi prezident Mahmud Ahmadinejod.
Tel-Avivdan tahlilchi Shlomo Brom nazdida Eron rahbariyati urush qilishni istamaydi. Lekin, deydi u, mojaro yuz bersa, Isroil harbiy jihatdan ustun kelishi aniq.
“Mojaroning siyosiy oqibatlari meni ko’proq xavotirga soladi”.
Agar Isroil hujumiga javoban Eron Fors ko’rfazidagi neft tashish yo’llarini nishonga olsa, mojaro G’arb davlatlarini ham o’z domiga tortishi mumkin.
Sobiq harbiy razvedkachi Efraim Kam Eron yadro qurolini qo’lga kiritsa, mintaqa ostin-ustun bo’lib ketadi, deb hisoblaydi.
“Yaqin Sharqda yadro poygasi avj olib, mintaqada muvozanat buziladi. Misr, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Suriya va bora-bora Iroq ham bu poygaga qo’shiladi”, - deydi suhbatdosh.
Shlomo Bromning aytishicha, Isroil hukumatida ayrimlar xavfsizlikka tahdidni bo’rttirib ko’rsatyapti.
“Xavfsizlik muhim masala, lekin vaziyat ayrim rahbarlar da’vo qilayotganidek yomon emas”.
Hozir Isroil hukumatining butun diqqati Eronning yadro dasturida. Vaholanki, deydi Brom, “arab bahori” natijasida tuzilgan zaif hukumatlar ham yahudiy davlatiga tahdid solishi mumkin.