Isroil va Falastin tinchlik muloqotini jonlantirish harakatida ekan, ertaga ularning muzokarachilari yana uchrashishi kutilmoqda. Bu o’rtada esa Isroil Falastin noroziligiga qaramay bosib olingan yerlarda 2000 ta yangi uy qurmoqchi.
Falastin G’arbiy Sohil va Sharqiy Quddusni bo’lajak davlatining bir qismi sifatida ko’radi. 900 ta uy Sharqiy Quddusda qurilishi kutilmoqda.
Tomonlarni muzokaraga chorlayotgan AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, qurilish ishlari tinchlik jarayoniga ta’sir qilmasligi kerak. Tomonlar muzokara paytida chegara va xavfsizlik masalalari haqida gaplashib olishi lozim, deydi u.
Qo’shma Shtatlar bu hududlardagi barcha posyolkalarni noqonuniy deb hisoblaydi, dedi Kerri.
"Bu tomonlarning tezroq muzokara stoliga o’tirishi, dolzarb mavzularni muhokama qilishi kerakligini ko’rsatmoqda. Agar xavfsizlik va chegara yuzasidan muammolar hal bo’lsa, qurilishlar mavzusi ham o’z-o’zidan hal bo’ldi, deyavering", - deydi Kerri.
Isroilning bildirishicha, uylar uning sarhadi tarkibida qoladigan yerlarda bunyod etiladi.