Breaking News

Falastin, Isroil muzokarachilari Quddusda ko’rishmoqda


Isroil ozod qilgan 26 nafar falastinlik mahbus kecha kechqurun G’arbiy sohil va G’azoga qaytgan. Yaqinlar, oilalar bayram qilar ekan, prezident Abbos sobiq mahbuslarni qahramon deya olqishladi.
Isroil ozod qilgan 26 nafar falastinlik mahbus kecha kechqurun G’arbiy sohil va G’azoga qaytgan. Yaqinlar, oilalar bayram qilar ekan, prezident Abbos sobiq mahbuslarni qahramon deya olqishladi.
Isroil va Falastin muzokarachilari bugun Quddusda ko’rishib, uch yillik tanaffusdan keyin yig’ilib qolgan muammolar yechimini muhokama qilmoqda.

Rasmiylar o’tgan oy Vashingtonda uchrashib, falastinlik qochqinlar maqomi, Isroil bunyod etayotgan yahudiy mahallalari va Falastin bo’lajak davlati chegaralari haqida fikrlashishga kelishib olgan edi. Buning uchun ularga to’qqiz oy muhlat berildi.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri so’zlariga ko’ra, Isroil va Falastin chegaralar va xavfsizlik masalasi tezkor yechim talab qilishini tushunadi. Bugungi uchrashuv oldidan AQSh bosh diplomati Falastin prezidenti Mahmud Abbos va Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan telefonda gaplashib olgan.

Muloqotda Isroil tomonidan Adliya vaziri Tsipi Livni, Falastindan muzokarachi Soyib Erekat ishtirok etayapti. Amerikaning Yaqin Sharq masalalari bo’yicha maxsus vakili etib tayinlangan Martin Indik – o’rtada vositachi.

Isroil ozod qilgan 26 nafar falastinlik mahbus kecha kechqurun G’arbiy sohil va G’azoga qaytgan. Yaqinlar, oilalar bayram qilar ekan, prezident Abbos sobiq mahbuslarni qahramon deya olqishladi. Bu insonlarning ba’zilari Isroilga hujumda ayblanib, 20 yildan ko’p turmada o’tirgan, ayrimlari qotillikda aybdor topilgan.

Tinchlik muzokaralari qayta jonlanishi munosabati bilan Isroil falastinlik 104 mahbusni qo’yib yuborishini bildirgan.

Ammo Isroil jamoatchiligi falastinliklar shodligiga qo’shilmaydi. Bu yurt ahli orasida mahbuslar ozod qilinishi tinchlikka hissa qo’shishi gumon, degan tasavvur ustun.

Amerikalik tahlilchi Jordan Perri nazarida muzokara markazida turgan bosh masalalardan biri – Isroil 1967-yilgi urush davomida bosib olgan yerlarni G’arbiy sohilda yahudiy mahallalariga ayirboshlash – Isroilda tanqidga uchramoqda.

“Bu borada har qanday kelishuv Isroilda referendumga qo’yilishi kerak. Oxirgi ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, aksariyat isroilliklar 1967-yildan oldingi chegaralarga qaytishni, yer almashishni xohlamaydi”, - deydi ekspert.

Quddusda chorshanba kungi uchrashuv ketidan Falastin poytaxti Ramallohda ham alohida tadbir rejalangan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG