Breaking News

Isroil va Falastin tinchlik muzokaralari boshlaydi


Ramalloh, 19-iyul, 2013
Ramalloh, 19-iyul, 2013
Isroil va Falastin tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga kelishib olganidan bir kun o’tib, yahudiy davlat qamoqdagi arablarning bir qismini ozod etishga ko’ngan.
"Amerika Ovozi" xabarlari, 20-iyul, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:47 0:00
Yuklab oling

Qancha va aynan kim chiqarilishi mavhum, ammo vositachi Amerika bu o’zgarishni olqishlamoqda.

Tomonlar orasida jadal muzokara olib borayotgan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri kelasi ikki hafta ichida Vashingtonda Isroil va Falastin rahbarlari uchrashishini bayon qildi.

Ikki xalq, ikki din vakillari yonma-yon yashay oladi, avvalo buning uchun siyosiy iroda mavjud ekanini isbotlash kerak, deydi Kerri.

Isroil va Falastin 2010-yildan beri tinchlik muzokaralarini chetga surib qo’ygan edi.

Prezident Barak Obama payshanba kuni Quddusga telefon qilib, Bosh vazir Benyamin Netanyaxu bilan gaplashgan. Uni Kerri bilan yaqindan ishlab, Falastinga iloji boricha tezroq murosa qo’lini cho’zishga undagan.

Arab Ligasi bilan muloqot qilib, bu davlatlarning pozitsiyalarini o’rgangan Kerri deydiki, Isroil-Falastin ixtilofi yechilsa, Yaqin Sharq yengil nafas olib, yangidan hayot boshlaydi. Mintaqani qaynoq nuqtaga aylantirib turgan masala o’zi shu, deydi AQSh bosh diplomati.

Vashington bir-birini tan olgan ikki davlat, Isroil va Falastin, tarafdori. Falastin mustaqil mamlakat bo'lishi kerak.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG