Isroil Quddus shahrida joylashgan al-Aqso masjidiga kiraverishdagi metallodetektorlarni olib tashladi. Ularning o’tgan hafta o’rnatilgani musulmonlarni g’azabga keltirgan edi.
Isroil Vazirlar mahkamasi taranglikka barham berish maqsadida xavfsizlikni ta’minlash sababi bilan o’rnatilgan metallodetektorlarni olib tashlashni buyurdi. Ammo musulmonlar bu bahona, Isroil aslida masjidni o’z nazoratiga olmoqchi bo’lganini aytadi.
Isroil xavfsizlik asosiy maqsad ekanini ta’kidlashda davom etarkan, metallodetektorlar o’rniga yuqori sifatli nazorat kameralarini qo’ymoqchi.
Vazirlar mahkamasi qaroriga qaramay, bugun Quddusning eski qismida musulmon namoyishchilar Isroil xavfsizlik kuchlari bilan to’qnashgan.
BMT bosh kotibining Yaqin Sharq bo’yicha maxsus vakili Nikolay Mladenov tomonlarni muammoni zudlik bilan hal etishga chaqirdi.
"Tashkilotga a’zo davlatlardan o’z ta’sirini ishga solgan holda barcha tomonlarni vaziyatni yumshatishga chaqirishlarini so’rab qolaman. Quddusdagi sajdagohlarni ziyorat qiluvchi sayyohlar va dindorlar xavfsizligini ta’minlagan holda 1967-yildan keyingi holat saqlanib qolishi kerak”, - dedi u.
Facebook Forum