Falastin bosh prokuraturasining aniqlashicha, Quddusdagi o’rmonzordan jasadi chiqqan bola aslida yoqib yuborilgan. Izchil tibbiy tekshiruvlar shuni ko’rsatdi, deydi rasmiylar.
Muhammad Abu Xudayr ismli o’smir mashinada olib qochilgan va bir soatlardan keyin o’lik holda topilgan.
Bolaning otasi uni tanishga qiynalganini aytadi. Chunki, deydi doktorlar, uning 90 foizi kuyib ketgan.
Isroil politsiyasiga ko’ra, tergov ishlari ketmoqda, jinoyatchilar hamon aniq emas.
Hafta boshida uch yahudiy bola o’g’rilanib, o’ldirib ketilgan edi. Falastinlik bola o’ch olish uchun qatl etilgan bo’lishi mumkin degan taxmin olg’a surilmoqda.
Isroil yahudiy bolalar o’limida Xamasni ayblaydi. Xamas ayblovni inkor etmoqda. Lekin ayrim a’zolar fikricha, Isroil qilgan adolatsizliklarga shunday javob berish to’g’ri bo’lar edi.
Quddusning sharqiy qismida, arablar yashaydigan hududda, norozilik namoyishlari tinmayapti. Odamlar g’azabda.