Breaking News

Isroil Xamasning 20 dan ziyod vakilini hibsga oldi


Isroil armiyasi Iordan daryosining g’arbiy sohilida Falastinning Xamas guruhiga a’zo o’nlab odamni hibsga olgan.

Xamas rasmiylarining aytishicha, reydlar bugun ertalab o’tkazilgan va 20 dan ziyod odam olib ketilgan.

Uch nafari Falastin qonunchilari. Isroil g’arbiy sohilda operatsiya o’tkazganini tasdiqlamoqda, biroq necha kishi qo’lga olingani haqida lom-mim demayapti.

Qo’shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi Xamasni terrorchi tashkilot deb biladi.

2006-yilgi parlament saylovlarida Xamas raqib Fath harakati ustidan g’alaba qozonib, bir yil o’tib G’azoda nazoratni qo’lga olgan edi.

Falastinning 132 kishilik parlamentida bugun 74 o’rin Xamasga qarashli.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG