Breaking News

BMT: Isroil bosib olingan hududdan yahudiy uylarini ko'chirsin


BMT Inson huquqlari kengashi Isroilni bosib olingan hududlarda yahudiylar uchun uy-joy qurishni bas qilib, mavjud posyolkalardan odamlarni darhol ko’chira boshlashga undamoqda.

Xalqaro tashkilot bir yil davomida yahudiy mahallalarining Falastin ahli huquqlariga ta’sirini o’rgangan.

Xulosa shuki, Isroil siyosati falastinliklar haqqini poymol qilmoqda. Isroil kengash ishiga, tergovga yordam bermagan va uni noxolos, tinchlik muzokaralariga zid, deya tanqid qilmoqda.

1967-yildan beri Iordan daryosining g’arbiy sohili va Sharqiy Quddusda Isroil hukumati ruxsati bilan va ba’zida ruxsatisiz yahudiy posyolkalari bunyod etib kelinadi.

Hududda hozir taxminan 520 ming odam yashayotgani ma’lum. Bu mahallalar Falastin davlatini barpo etishga to’sqinlik qilmoqda, deyiladi BMT Inson huquqlari kengashi xulosasida.

BMT hisobotiga ko’ra, qurilish ishlaridan faqat isroillik yahudiylar foyda ko’rmoqda, keskin huquqiy cheklovlar falastinliklarni tahqirlab keladi.

Xususan, ularning fikr bildirish va o’z haqqini talab qilish erki siquvga olinib, bu xalq hududda bemalol harakat qilolmaydi, ta’lim olish, ichimlik suvi va tabiiy zaxiralardan foydalanish erki cheklangan.

Isroil o’tgan yilning noyabrida g’arbiy sohil va Sharqiy Quddusda 3 ming yangi uy bunyod etish rejasi bilan chiqqan edi. Bu tashabbus BMT Bosh Assambleyasi Falastinga a’zo bo’lmagan davlat maqomini bergach e’lon qilindi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG