Breaking News

Isroil politsiyasi hibsxonalarda arab yoshlarini xo'rlashda ayblanmoqda


AQShning inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi “Human Rights Watch” tashkiloti Isroil harbiylarini falastinlik yoshlarni hibsga olish va so’roq qilish paytida ularga nisbatan haddan tashqari kuch ishlatayotganlikda aybladi.

2015-yil oktabrida Isroil ko’chalarida yahudiylarni pichoqlash holatlari boshlanganidan beri falastinlik bolalarni hibsga olish keng tus oldi, deyiladi guruh bayonotida.

Isroilning inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi “B’Tselem” tashkiloti bergan ma’lumotga ko’ra, ayni damda Isroil hibsxonalarida balog’at yoshiga yetmagan 415 falastinlik saqlanmoqda. 2015-yil sentabrida 193 o’smir arablar qamoqda edi.

"Hibsga olingan bolalar ko'rsatmalari, qo’lga kiritilgan videolar, advokatlardan olingan ma’lumotlar shuni ko’rsatmoqdaki, Isroil xavfsizlik kuchlari hibsga olish va so’roq qilish paytida ortiqcha kuch, zulm ishlatmoqda, bolalarni urib xo’rlamoqda”, - deyiladi “Human Rights Watch” bayonotida.

Hujjatda “B’Tselem” tashkiloti va YUNISEF keltirgan ma’lumotlar hamda uch o’smir bilan o’tkazilgan suhbatdan parchalar o’rin olgan. Bu bolalardan biri G’arbiy Sohildan, ikkisi esa Qunduzning Isroil o’ziga qo’shib olgan sharqiy qismidan.

“Bizni tarsakilashgan, tepishgan, urishgan va hatto bo’g’ishgan”, - deydi ular.

YUNICEFning 2015-yil fevralida chiqargan hisobotida aytilishicha, 208 falastinlik o’smirning 171 nafari o’xshash ko’rsatmalar bergan, 163 bolaga huquqlari haqida xabardor qilishgan.

Isroil qonunlariga ko’ra, hibsdagi bolaning ota-onasiga so’roq paytida tergovchining xonasida o’tirishga ruxsat beriladi, ammo suhbatdan o’tgan har uch falastinlik bolaning ikkisi bunday huquqdan mahrum bo’lganini, uchinchisining ota-onasi esa so’roq boshlangandan so’ng xonaga taklif etilganini aytgan.

Isroil politsiyasi vakili Miki Rozenfeldning Frans-Press axborot agentligiga aytishicha, “Human Rights Watch” hisoboti haqiqatdan yiroq.

“Yoshlar terrorchilik va jinoiy faoliyati uchun hibsga olingan”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG