Breaking News

Isroil Falastin yerlarini o'zlashtirishda davom etmoqda


Sharqiy Quddus
Sharqiy Quddus

Isroil harbiylari G’arbiy Sohildagi uylarda joylashib olgan yahudiylarni haydab chiqardi. Al-Halil shahridagi kvartiralarni falastinliklardan qonuniy ravishda xarid qildik, deydi yahudiy oilalar. Ammo ular Mudofaa vazirligidan ruxsat olmagan.

Ham yahudiy, ham musulmonlar uchun muqaddas bo’lgan ziyoratgohlar joylashgan al-Halilda 220 ming falastinlik yashaydi. Shaharning qoq markazida taqriban 1000 yahudiy oila ham mol-mulkka egaligi azaldan norozilik uyg’otib keladi.

“Yahudiylarga qarshi terror xurujlari sodir etilganda, biz uylar qurish bilan javob beramiz”, - deydi yahudiy posyolkasi yetakchisi Malachi Levinger.

Isroil Mudofaa vaziri Moshe Yaalon so’zlariga ko’ra, al-Halildagi xonadonlarga ko’chib o’tgan 80 fuqaro vazirlikdan ruxsatnoma olmagani uchun haydaldi. Ayrim o’ngchi partiyalar va qonunchilar bu qarorni tanqid qilmoqda.

Shu hafta Isroil hukumati G’arbiy Sohilda 154 gektar yerni o’zlashtirishi haqida e’lon qildi. Falastin ma’muriyati, BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun va Isroilning eng yaqin ittifoqchisi AQSh bu qarorni qoralamoqda.

“AQSh, Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlarga murojaat bilan chiqdik. Bu qurilishlarni to’xtatish uchun BMT Xavfsizlik Kengashi maxsus rezolyutsiya qabul qilishi darkor”, - deydi Falastin rasmiysi Soib Erekat.

Isroil bosib olgan hududlarda imoratlar qurishi xalqaro qonunlarga zid, biroq Xavfsizlik Kengashida yahudiy davlatiga qarshi tanqidiy hujjatlarni odatda AQSh ovozdan o’tkazmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG