Breaking News

Isroil Livanga kuchli zarba berdi. AQSh va Britaniya bosiqlikka chaqiryapti


19-sentabr tunda Isroil jangovar samolyotlari bilan salkam bir yildan beri davom etayotgan urushda Livan janubiga eng qattiq zarba berdi.

Xalqaro hayot - 20-sentabr, 2024-yil - Prezident Putin Rossiya armiyasi sonini oshirmoqchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:00 0:00

Isroil axborot resurslariga ko’ra, 20 daqiqa davomida 70 dan ortiq hujum uyushtirilgan, “Hizbulloh” harakatining 1000 dan ortiq raketalari va Isroilga qarshi qo’llanishga tayyor turgan 100 ga yaqin raketa uchiruvchi moslamalari yo’q qilingan.

Hujum “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrullohning telemurojaati paytida amalga oshirilgani aytilmoqda.

Nasrulloh harakat a’zolariga qarshi peyjer hujumlarida Isroilni ayblab, buni harakat tarixida eng katta hujum deb atadi, Isroil barcha qoidalar va qizil chiziqlarni buzganini aytdi.

Livanda salkam 40 odam peyjer va boshqa elektronika moslamalarining portlashida o’lgan, 3000 dan ziyodi jarohat olgan. Isroil bu masalada hanuz izoh bergani yo’q.

AQSh va Britaniya Isroilni bosiqlikka va otashkesimga chaqirdi.

“Ziddiyatdan tashvishdamiz, ehtimoliy eskalatsiyadan xavotirdamiz. Yaqin Sharq mojarosini faqat diplomatik yo’l bilan hal qilish kerakligi haqida aniq aytib kelamiz”, - deydi Oq uy matbuot kotibasi Karin Jan-Pyer.

AQShdagi xususiy razvedka va tahlil tashkiloti hisoblangan “Stratfor” tayyorlagan hisobot Isroil “Hizbulloh” bilan katta urush boshlamasligini taxmin qiladi, Isroil armiyasining 98-diviziyasi “Hizbulloh”ning pejyer hujumlariga ehtimoliy javobidan himoya maqsadida Livan chegarasi tomon tashlanganini ta’kidlaydi.

AQShda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp payshanba kungi Isroil-Amerika sammitida so’zga chiqib, o’zini Isroilning eng katta himoyachisi deb atadi, saylovda g’alaba qozonsa, yahudiy davlatni butunlay yo’q bo’lib ketishdan saqlab qolishini aytdi.

Ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, amerikalik yahudiylarning 40 foizigina Trampga ovoz bermoqchi.

"Isroilning omon qolishini istasangiz, Donald Trampni 47-prezident etib saylashingiz kerak”, - dedi u.

Tramp G’azo Sektorini “terrorga to’lgan joy” deb atab, Oq uyga qaytsa, bunday hududlardan qochqinlarni qabul qilishni man etishini aytdi.

Bu o’rtada Isroil G’azoda otashkesim bo’yicha yangi yakuniy taklifini AQShga uzatganini ma’lum qildi. Isroil XAMAS garovda ushlab turgan odamlarning barchasini ozod etishi evaziga harakat rahbarlari, jumladan Yahyo Sinvarga sektorni tark etishga imkon berishga, falastinlik mahkumlarni ozod etishga, G’azoni demilitarizatsiya qilib, anklavda yangi ma’muriyat o’rnatilishga va’da beryapti.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu mazkur takliflarni kelasi hafta BMT Bosh Assambleyasining sammitidagi chiqishida ham tilga olishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG