Breaking News

Isroil BAAga aviaqatnov boshlamoqchi, falastinliklar Isroil-BAA bitimini qoralamoqda


Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari aloqalarni o’rnatishga kelishishi ketidan Isroil amirliklar bilan to’g’ridan-to’g’ri aviaqatnovni o’rnatishni rejalamoqda.

Xalqaro hayot – 17-avgust, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:25 0:00

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning aytishicha, Isroil samolyotlari Tel-Avivdan Dubay va Abu-Dabigacha Saudiya Arabistoni orqali uchishi mumkin. Saudiya Arabistoni Isroilni tan olmaydi va havo sarhadlari Isroil samolyotlariga yopiq. Biroq Riyod 2018-yilda Hindiston aviakompaniyasiga Dehlidan Tel-Avivga o’z hududi orqali uchishga ruxsat bergan edi. Isroil bosh vaziri qirollik bilan kelishishga umid qilmoqda.

Ikki davlat o’rtasida aloqalarning o’rnatilishini ayrim musulmon mamlakatlari tanqid qilmoqda. Xususan, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Arab Amirliklarini ikkiyuzlamachilikda aybladi. Prezident Rajab Toyib Erdog’an kelishuvni Falastinga qarshi qadam deb, Turkiyaning Abu-Dabidagi elchixonasini yopish, amirliklar bilan diplomatik aloqalarni to’xtatish istagi haqida gapirdi.

Pokistonning ko’plab shaharlarida kelishuvga qarshi ko’p sonli namoyishlar kuzatildi. Eron ham tanqidiy munosabat bildirdi.

"Bu Falastin davlatini yaratish rejasiga qarshi qaror va biz uni qabul qilmaymiz. Sionist davlati bilan har qanday kelishuv xiyonatdir”, - dedi falastinlik qochqinlardan biri.

AQSh vositachiligida erishilgan kelishuvga ko’ra, Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari diplomatik aloqa o’rnatadi, Isroil istilo qilingan hududlarda falastinliklarga tegishli yerlarni anneksiya qilish rejasini to’xtatib turadi. Shu kungacha Isroil arab dunyosida faqat Misr va Iordaniya bilan diplomatik aloqalarga ega edi.

Birlashgan Arab Amirliklari Isroil bilan munosabatlarni o’rnatish qarorini mintaqada tinchlik harakatlariga yordam berish, Isroilning Falastin yerlarini anneksiya qilish rejasini to’xtatish istagi bilan izohladi.

Biroq Netanyaxu anneksiya rejasidagi tanaffus vaqtincha ekanini aytdi.

Falastinliklarning e’tirozi shundan iboratki, arab dunyosi Isroil-Falastin tinchlik muloqoti samara bersagina, yahudiy davlatini tan olishga so’z bergan edi va amirliklar bu va’daga xiyonat qildi. Falastin Abu-Dabidan elchisini chaqirib oldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG