Breaking News

“Kot-d’Ivuar rahbarining taqdiri diktatorlarga saboq”


“Kot-d’Ivuar rahbarining taqdiri diktatorlarga saboq”
“Kot-d’Ivuar rahbarining taqdiri diktatorlarga saboq”

Afrika g’arbidagi notinch davlat Kot-d’Ivuar prezidenti Alasan Uttara sobiq rahbar Loren Gbagboga qarshi jinoiy ish qo’zg’atish kerak deydi.

Gbagbo qariyb to’rt oy davom etgan va yuzlab odamni hayotdan olib ketgan olishuvdan keyin kecha qo’lga tushgan. Hokimiyat uchun kurash millionlab odamlarni uy-joyini tark etishga majbur qilgan.

O’tgan yilning noyabrida prezident saylovlarida g’olib topilgan Uttara bugun xalqqa murojaat qilib, Fil Suyagi Qirg’og’ida yangi davr boshlandi dedi.

“Kot-d’Ivuar rahbarining taqdiri diktatorlarga saboq”
“Kot-d’Ivuar rahbarining taqdiri diktatorlarga saboq”

Uttara ham, Gbagbo ham xalqni tinchlanishga, qurolni tashlashga undamoqda.

Sobiq prezident va uning oilasi hozir hibsda. Ularning xavfsizligi ta’minlanadi, deydi rasmiylar. Gbagbo ustidan esa jinoiy ish ochilishi kutilmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobicha, Afrika g’arbidagi bu davlatda oxirgi to’qnashuvlar 536 odamni hayotdan olib ketgan. Hozir ustuvor masala – tinchlik, tartibni qayta tiklash.
69 yoshli Uttara alohida komissiya tuzib, jinoyat sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortishga va’da bermoqda.

Inson huquqlarini himoya qiluvchi “Human Rights Watch” tashkiloti har ikki arbob tarafdorlarini qotilliklar va jinsiy zo’ravonlikda ayblamoqda.

Uttaraning askarlari kecha Abijan shahrida prezident qarorgohiga hujum qilib, Gbagboni ushlagan edi. Operatsiyada Fransiya va BMT tinchlikparvar kuchlari ham qatnashgan.

Loren Gbagbo 11 yil davomida prezident lavozimini egallab kelgan. 2002 yilgi fuqarolik urushi esa Kot-d’Ivuarni ikkira ajratib, biri hukumat, boshqasi muxolifat qo’liga o’tgan.

Uttara 2010 yilning noyabrida prezident saylovlarida g’olib deb e’lon qilindi. Lekin Gbagbo ketishdan bosh tortib, bahs qonli tus oldi.

“Kot-d’Ivuar rahbarining taqdiri diktatorlarga saboq”
“Kot-d’Ivuar rahbarining taqdiri diktatorlarga saboq”

AQSh Tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton fikricha, Gbagboning taqdiri dunyodagi jamiki diktatorlar va mustabid hukmdorlarga saboq.

“Erkin saylovlarni tan olmagan rahbarlar ko’rib qo’ysin”, - deydi Klinton. “Xalq irodasi bilan hisoblashmagan prezidentlar jazosiz qolmaydi”.

Amerika Davlat kotibasi Kot-d’Ivuar ahlini bosiqlikka chaqirdi.

Qo’shma Shtatlar, deydi Klinton, prezident Alasan Uttara bilan ishlashga, mamlakat kelajagi borasida hamkorlik qilishga tayyor.

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Vilyam Xeyg nazarida Gbagbo demokratik tamoyillarga qarshi ish ko’rib, qonunni qayta-qayta buzgan. “Biroq sobiq prezident qonun asosida sud qilinishi kerak”, - deydi Xeyg.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG