Jahonning turli burchaklaridan sara fotolar
Bugungi dunyo suratlarda - 27-yanvar, 2025
![Ikkinchi jahon urushi paytida Polsha hududida tashkil etilgan “Osvensim” konsentratsion lageri mahbuslarining sovet qo’shinlari tomonidan ozod etilganiga 80 yil to’ldi. 27-yanvar - Xalqaro Xolokost qurbonlarini xotirlash kunida yahudiylar ushbu tarixiy maskanni ziyorat qilmoqda. ](https://gdb.voanews.com/3a1651fa-49e5-484f-bac1-41f32bb97ab4_w1024_q10_s.jpg)
1
Ikkinchi jahon urushi paytida Polsha hududida tashkil etilgan “Osvensim” konsentratsion lageri mahbuslarining sovet qo’shinlari tomonidan ozod etilganiga 80 yil to’ldi. 27-yanvar - Xalqaro Xolokost qurbonlarini xotirlash kunida yahudiylar ushbu tarixiy maskanni ziyorat qilmoqda.
![Isroil bilan tinchlik sulhi amal qilayotgan G'azoda sektorning shimoliga yo'l ochildi. Minglab mahalliy aholi G'azoning eng dahshatli vayronagarchilik qayd etilgan shimoliy qismiga qaytmoqda.](https://gdb.voanews.com/2ff6d64a-b717-45d3-9186-2dffe4ac81d1_w1024_q10_s.jpg)
2
Isroil bilan tinchlik sulhi amal qilayotgan G'azoda sektorning shimoliga yo'l ochildi. Minglab mahalliy aholi G'azoning eng dahshatli vayronagarchilik qayd etilgan shimoliy qismiga qaytmoqda.
![G'azoning shimoliy qismida vayronaga aylangan uylariga yetib kelgan falastinliklar](https://gdb.voanews.com/92db5638-1b7b-4d90-b737-f720407db478_w1024_q10_s.jpg)
3
G'azoning shimoliy qismida vayronaga aylangan uylariga yetib kelgan falastinliklar
![Ichki xavfsizlik agentlari hujjatsiz migrantlarni izlamoqda, Puerto-Riko. ](https://gdb.voanews.com/ff650a90-148c-477a-a148-71bef873887b_w1024_q10_s.jpg)
4
Ichki xavfsizlik agentlari hujjatsiz migrantlarni izlamoqda, Puerto-Riko.