Breaking News

Yaponiya, Janubiy Koreya murosaga erishdi


Urush yillarida yapon imperiya armiyasi tomonidan fohishalikka majbur qilingan janubiy koreyalik ayollar.
Urush yillarida yapon imperiya armiyasi tomonidan fohishalikka majbur qilingan janubiy koreyalik ayollar.

AQSh nazarida Yaponiya va Janubiy Koreya o'rtasida shu haftada erishilgan bitim Shimoliy Koreyadan kelayotgan tahdidga qarshi birgalikda chora ko'rishga yordam beradi.

Amerika, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi ittifoqchi davlatlar o'rtasidagi ziddiyat xavfsizlik kabi muhim sohalarda hamkorlikka to'siq bo'lishi mumkin, deydi rasmiylar.

Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturini tugatishga doir xalqaro muzokaralarda AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Rossiya qatnashib keladi. Kommunistik Pxenyan murosaga borishdan bosh tortib, bir necha bor yadroviy sinovlarni amalga oshirdi.

Janubiy Koreya va Yaponiya kecha, dushanba kuni Ikkinchi jahon urushi davrida koreys ayollarini fohishalikka majburlash atrofidagi bahs yuzasidan nihoyat murosaga erishgan. Koreya xotin-qizlari urush yillarida yapon askarlariga xizmat qilishga majbur qilingan.

Ikki davlat rahbarlari tuzgan bitimga ko'ra, Yaponiya janubiy koreyalik bu ayollarga 8 milliondan oshiq kompensatsiya to'laydi. Shuningdek, Bosh vazir Shinzo Abe koreys xotin-qizlaridan kechirim so'raydi. Prezident Barak Obama ma'muriyati ittifoqchi bu ikki mamlakat o'rtasida imzolangan bitimni olqishlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG