Breaking News

Quddus masalasiga Markaziy Osiyo qanday munosabatda?


Yevropa Ittifoqi, Yaqin Sharq va dunyoning boshqa ko'plab davlatlari AQSh prezidenti Donald Tramp Quddus shahrini Isroil poytaxti deb tan olganiga qarshi. Markaziy Osiyo davlatlari hozircha xalqaro maydonda jiddiy munozara qo’zg’ayotgan bu masala yuzasidan sukut saqlamoqda. Siyosatshunoslar nazarida global o’lchamli Yaqin Sharqdagi ziddiyatlar masalasida Markaziy Osiyo uchun yagona pozitsiya zarur.

Quddus yuzasidan Markaziy Osiyo rahbarlari hozircha jim
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:11 0:00

Tramp qarori Yaqin Sharq davlatlarida kuchli norozilik uyg’otgan.

Yevropa Ittifoqi bu borada rasmiy bayonot bilan chiqqan. Ittifoqning tashqi siyosat bo’yicha Oliy komissari Federika Mogerini Trampni vaziyatni taranglashtiruvchi qaror chiqarmaslikka chaqirgan.

Fransiya rahbari Emmanuel Makron bu boradagi xavotirlarini AQSh rahbariga bevosita bildirgan. Germaniya Tashqi ishlar vaziri Zigmund Gabriel ham Tramp Quddusni Isroilning poytaxti sifatida e'lon qilishiga qarshi.

Yevropa Ittifoqiga ko’ra, AQSh prezidenti qarori Yaqin Sharqdagi vaziyatni murakkablashtiradi, Quddus maqomi Isroil va Falastin orasida hal etilishi kerak.

Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdog'an Isroil bilan aloqani uzmoqchi. Falastin esa AQSh tomonidan kutilayogan bu qaror urush ochadi deya ogohlantirmoqda.

Quddus, 6-dekabr, 2017
Quddus, 6-dekabr, 2017

Toshkentdan siyosatshunos Farhod Tolipov Sharqshunoslik institutida dars beradi. Uning bugungi darsi talabalar tomonidan Quddus shahri maqomiga doir masalaning ko’tarilishidan boshlangan.

“Bugun talabalarim ham shu savolni berishdi. To’g’risi, bu savolga qanday javob berishni ham bilmadim”, - deydi siyosatshunos.

Tolipov fikricha, AQShning qarori bir tomonlama, ichki mohiyatga ega bo’lmaydi, balki global jarayonlarga ta'sir ko’rsatib, turli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

“Bu bir davlatning qarori bo'lishi mumkin emas. Mayli, bu davlat qanchalik buyuk bo’lmasin, bu qarorning global o’lchami ham mavjud. Bu dunyoda turlicha reaksiyalar uygo’tishi mumkin. Qolaversa, AQSh qanchalik bir tomonlama bunday qarorga kelmasin, poytaxt qaysi shahar bo’lishi haqida Isroilning o’zi bayonot qilishi kerak”.

Tolipov nazarida Markaziy Osiyo liderlari bu masalaga befarq bo'la olmaydi.

"Ehtimol, bu borada Markaziy Osiyo davlatlari birgalikda yakdil bayonot bildirgani ma’qul... O’zbekistonning o’zi alohida emas. Yagona pozitsiya, bitta mintaqaviy ovoz bo'lganda, albatta, bunday pozitsiya kuchliroq ahamiyatga ega. Manfaatlarimizga ham ko’proq javob bergan bo’lardi. Har holda nima bo'lishidan qat’i nazar, bu AQShning xalqaro darajadagi obro’yi bilan bog’liq masala bo’ladi. Shundoq ham, Prezident Tramp hokimiyatiga bir yil to’lmasdan jahon miqyosidagi turli reaksiylarga nishon bo’layapti”, - deydi siyosatshunos.

Tramp AQSh prezidentligi uchun kurash paytida Quddusni Isroil davlatining poytaxti sifatida e’lon qilishga so'z bergan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG