Breaking News

Amerikaliklar Kennedi o'limida bir necha odam aybdorligiga ishonadi


Amerikaliklar Kennedini o'limida bir emas, bir necha odam qatnashganiga ishonadi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:08 0:00

Amerikaning 35-prezidenti Jon Kennedining o’limi bilan bog’liq hujjatlar, ma’lumotlar endi ommaga ochiq. Biroq Prezident Tramp yana yuzlab fayllarni xafvsizlik yuzasidan vaqtinchalik bo’lsa-da maxfiy saqlashni buyurdi.

Kennedi o'limi bilan bog'liq hujjatlar hozircha maxfiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:23 0:00

Prezident Kennedi hayotiga 1963-yil 22-noyabrda Dallasda suiqasd qilingan edi. Li Xarvi Osvaldning qotillikka qo'l urishidan ikki oy muqaddam Meksikaga qilgan safari yuzasidan savollar bir dunyo.

Suiqasddan so’ng fitna uyushtirilgani haqida tortishuvlar tezda avj olib ketgandi.

“Aniq nima bo’lganini bilmoqchiman. Agar jinoyatni birgina odam uyushtirgan bo’lsa, tushunaman. Hukumatning qo’li bo'lsa, bu qo'rqinchli. Nima bo’lganda ham haqiqatni bilaylik”, - deydi Chak Demus ismli amerikalik.

AQSh Oliy sud bosh sudyasi Erl Voren boshchiligidagi tergov ishi 10 oy davom etgan va Li Xarvi Osvald suiqasdni biz o’zi amalga oshirgani haqida xulosa qilingan. Ikki kundan so'ng politsiya Osvaldni olib chiqayotganda Jek Rubi ismli shaxs uni otib o'ldiradi.

2013-yilgi so’rovga ko'ra, aksar amerikaliklar Kennedini otishda bir emas, bir necha odam qatnashganiga ishonadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG