HARRISBURG, PENSILVANIYA SHTATI —
Bugun sizni AQShga yaqinda ko'chib kelgan bir oila bilan tanishtirmoqchimiz. Ularni bu yerga Amerika orzusi yetaklamagan. Vatanni o'z xohishi bilan emas, majburan tark etgan. Oxirgi bir necha yilni tahdid va qo'rquv ostida o'tkazgan. Chekilgan azobni unutib, ruhiy mashaqqatlarni yengib, yangi mamlakatda yangicha sharoitga moslashish, hayotda yangi sahifa ochish metin iroda talab qiladi.
Qayum Ortiqov 2008-2011 yillar orasida O’zbekistonda qamoqda o’tirgan. Panjara ortida qiynoqqa solingan. Huquq tashkilotlari va BMTning Qiynoqlarga qarshi qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, Ortiqovga nisbatan tinimsiz noinsoniy munosabatda bo'lingan. Hukumat uning ishi yuzasidan biror bayonot bermagan, lekin qiynoqlar iddaosini rad etib keladi.
2009-yilda inson savdosida ayblanib, olti yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan Ortiqov panjara ortida unga Britaniya josusi deb qarashgani va aynan shuni tan olishi uchun qiynoqqa solishganini aytadi. "Sen va hamkasblaring sotqin" deb iqror qildirishga urinishgan.
Ortiqov Britaniya elchixonasida qo’riqchi bo’lib ishlagan. Undan oldin esa harbiy bo'lgan. 1990-yillar oxirida Amerikada treningdan o'tgan. Ortiqov O'zbekiston Milliy xavsizlik xizmati uni o'sha paytdan boshlab bosim ostiga olganini aytadi.
Bu shaxs taqdiri G'arb matbuotida ko'tarilgach Britaniya aralashuvi bilan Qayum Ortiqov shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan. Tazyiq tinmagan. 2012-yilda u oilasi bilan Ukrainaga ketgan. 2014-yilning fevral oyida oilasi bilan Amerikaga ko’chib keldi, siyosiy boshpana oldi. U bilan yuzma-yuz muloqot qilish maqsadida Pensilvaniya shtatining Harrisburg shahriga bordik. Marhamat, maxsus dasturimizni quyida to'liq holda tomosha qiling: