Breaking News

Nursulton Nazarboyev prezidentlik muddatini uzaytirish tashabbusiga qarshi


Nursulton Nazarboyev prezidentlik muddatini uzaytirish tashabbusiga qarshi
Nursulton Nazarboyev prezidentlik muddatini uzaytirish tashabbusiga qarshi

Qozog'iston parlamenti deputatlari Nazarboyevning prezidentlik muddatini uzaytirish haqida referendum o'tkazishni taklif etgan edi.

Qozog'iston rahbari Nursulton Nazarboyev qonunchilarning prezident saylovlarini 2012-yil o'rniga 2020-yilda o'tkazishga, ya'ni Nazarboyev prezidentlik muddatini uzaytirishga qaratilgan tashabbusini rad etgan.

AQSh elchixonasi qonunchilar taklifini qoralab, bu demokratiya uchun chekinish bo'lishini aytgan. Nazarboyev mamlakatni 20 yildan beri boshqarib keladi.

Ushbu tashabbus bilan chiqqan qonunchilar nazarida Nazarboyevning hokimiyatda uzoqroq qolishi taraqqiyot va farovonlikni ta'minlaydi. Davlat rahbari 2012-yilgi saylovlarda g'alaba qozonishiga shubha qilmasligini bir necha bor aytgan.

Ba'zi tahlilchilar nazarida Nazarboyev G'arbga demokratiyaga moyil rahabr bo'lib ko'rinish uchungina parlamentning vakolatini uzaytirish tashabbusini inkor etgan. Prezident e'tiroziga qaramay, referendum o'tkazilishi mumkin, agar parlamentning beshdan to'rt qismi tashabbusni qo'llab-quvvatlasa yoki aholidan kamida 200 ming imzo to'plansa.

Qozoq matbuotiga ko'ra, shu kunga qadar referendumni yoqlab, 2,6 million odamdan imzo to'plangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG