Breaking News

Qurg'oqchilik Qozog'istonda chorvani nobud qilmoqda


"Reyter" axborot agentligining xabar berishicha, yozning jazirama issig’ida Qozog’iston g’arbida, Kaspiy dengizi bo’yida joylashgan Mang’ishloq yarimorolidagi cho’llarda qurg’oqchilik mahalliy aholini suvsiz va oziq-ovqatsiz qoldirdi.

Xalqaro hayot – 6-avgust, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:28 0:00

"Otni arqonda ushlab turishga majburmiz. O’t yo’q, yegulik yo’q, ot oyoqda turmayapti, yiqilib tushyapti”, - deydi bir ayol.

Qurg’oqchilik oqibatida mahsulotlarga, xususan pichan va arpaga narxlar keskin ko’tarilib ketdi. Ayrim fermerlar ho’l kartonni maydalab, yemga qo’shib yilqiga bermoqda.

Bu yoz butun Markaziy Osiyoda yuqori harorat qayd etildi. Qozog’iston chorva uchun yem eksportini taqiqlab, qo’shni mamlakatlardan qo’shimcha suv so’ragan.

Qozoqlar qazi va qimizni ko’p iste’mol qiladi, yilqichilik keng tarqalgan.

70 yashar G’abidulla Qalinbayo’g’li nafaqagacha cho’pon bo’lib ishlagan. 2002-yilda u kichik bir qishloqda yilqichilik fermasini tashkil etgan. Ammo uning 20 nafar oti shu yoz nobud bo’ldi. Fermada hozir 150 ta ot qolgan. To’yib ovqat yeyishmaydi, zaif, parazitlar va kasallikka moyil.

Mang’istau viloyatida 1000 dan ortiq chorva nobud bo’lgan. Cho’lda o’lib yotgan otlarni uchratish mumkin.

Hukumat hududga arpa yetkazishini ma’lum qildi, biroq bu qisqa muddatda yordam berishi mumkin, xolos. Uzoq muddatda esa ahvol yomonlashishi kutilmoqda. Qozog’iston gidrometeorologiya xizmatiga ko’ra, mintaqada har 10 yilda harorat 0,3 darajaga ko’tarilmoqda.

Yana bir muammo shuki, Kaspiy dengizida suv kamayib bormoqda. Bu esa qurg’oqchilik kuchayishda davom etadi degani.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG