Breaking News

Qozog'iston Jahon savdo tashkilotiga kirdi


Qozog'iston Jahon savdo tashkilotiga kirdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:28 0:00

Qozog'iston Jahon savdo tashkilotiga kirdi

2015-yilning 27-iyulidan e’tiboran Qozog’iston Jahon savdo tashkilotining to’laqonli a’zosi. Markaziy Osiyoda yana Qirg’iziston va Tojikiston bu organga kirgan. O’zbekiston ham bu yo’ldan borishi kutiladi, lekin hozirda dadil harakat sezilmaydi. Qozog’iston mintaqada bugun eng yirik iqtisodiy tizimga ega. Mamlakatga chetdan eng ko’p sarmoya kiritgan davlat AQSh nazarida Qozog’iston oldida ulkan imkoniyatlar turibdi. Shu bilan birga, ulkan majburiyatlar ham. A'zolik - burchni ado etish degani.

Qozog'iston endi Jahon savdo tashkiloti a'zosi - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:53 0:00

Iyun oyida Qozog’iston va O’zbekistonga safar qilgan Arun Kumar, AQSh Tijorat vaziri muovini, tashqi savdo bo’yicha yetakchi rasmiy deydiki, Ostona olib borayotgan iqtisodiy siyosat to’g’ri va Qo’shma Shtatlar bu davlatni mintaqaviy lider deb biladi. Amerika Qozog’iston bilan tijoriy rishtalarni mustahkamlashga bel bog’lagan va Jahon savdo tashkilotiga a’zolik nafaqat bu respublikaga, balki butun Markaziy Osiyoga naf keltirishi turgan gap, deydi Arun Kumar.

Jahon savdo tashkilotiga kirish yuzasidan muzokaralarda AQSh delegatsiyasiga boshchilik qilgan Sesiliya Lixi Klayn tasvirlashicha, Qozog'iston bilan bu boradagi muloqot, oldi-berdi, deyarli 20 yil davom etdi. Jarayon og’ir kechdi, biroq tomonlar natijadan mamnun.

Qizig’i shundaki, Jahon savdo tashkilotining o’zi 1995-yilda faoliyat boshlagan. Unga kirishni xohlagan davlat tashkilotning har bir a’zosi bilan kelishib olishi shart, bu esa bir necha yillik murakkab muzokaralar demakdir. Jenevada asoslangan 161 a’zolik organga kirish iqtisodiy tizimni boshqalarnikiga moslashni talab etadi.

Qozog’iston bilan uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan Maykl Lalli, AQSh Tijorat vazirligida mintaqa bilan munosabatlarga mas’ul rasmiy, izohlashicha, respublika bugun shubhasiz yangi pog’onada. AQSh o’tgan yili Qozog’istonga eng ko’p sarmoya kiritgan davlat - 1,1 milliard dollar miqdorida. Rossiyadan investitsiya, masalan, 243 million dollarni tashkil etgan. 2014-yilda Amerika va Qozog’iston orasidagi savdo 2 milliard dollarga teng bo’lgan. Qozog’iston iqtisodiyoti hajmi 225 milliard dollar, kishi boshiga yillik daromad mamlakatda 13 ming dollar, deya bildiradi Maykl Lalli. Respublika import bozori 27 milliard dollardan ziyod deya bahonaladi.

Lekin, deya eslatadi ekspertlar, mamlakat qora oltinga tobe. Neft bo’lmaganda bu davlatning holi ne kechar edi, chunki iqtisodi asosan shu mahsulotdan iborat. Qozog’iston kelasi yillarda sanoat va ishlab chiqarishni xilma-xillashtirishi, yangi tarmoqlar va sohalarga yo’l ochib, turli yo’nalishlarni rivojlantirishi lozim, deydi uning G’arbdagi hamkorlari.

Jahon savdo tashkilotiga a’zolik hozircha quruq maqom. Bu bilan iqtisodiy mo’jizalar yuz bermaydi. Qozog’iston birdaniga xorij bilan ko’proq savdo-sotiq qila boshlamaydi. Qozoq mahsulotlariga talab oshib qolmaydi. Qozog’iston bank tizimlari va umum moliyaviy sistemasi samarali ishlashni boshlamaydi. Tashqaridan sarmoya oqimi kengaymaydi. Investorlar yuzlashadigan muammolar yechilmaydi. Mamlakatda biznes qilish osonlashib qolmaydi.

Bu masalalarni bartaraf etish, yuksak maqsadlarga erishish kuchli siyosiy iroda va qattiq mehnat taqozo etadi. Amerika rasmiylari ta’biricha, Qozog’istonda intilish va eng muhimi harakat kuchli va ko’zlangan manzilga yeta oladi.

Qozoq ekspert Oyto’lqin Kurmanova kichik va o’rta hajmdagi bizneslarni taraqqiy ettirish mamlakat oldidagi eng dolzarb vazifalardan biri, deb hisoblaydi. Qozog’istonning har bir hududida bunga e’tiborni oshirish, shahar-qishloqlarda birdek islohotlar olib borib, mahalliy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish kerak, deydi tadqiqotchi. Aks holda, respublika xom neftdan keladigan daromadga tayanib yashayveradi.

Kurmanova tahlilicha, Qozog’iston tashqi siyosatini ham muvozanatlash kerak. Oxirgi yillarda Ostona dunyo bilan aloqalarda balansni boy bera boshladi, deydi u. Qozog’iston shimoldagi katta qo’shnisi Rossiya bilan yaqinlashdi, uning yetakchiligidagi boj ittifoqiga kirdi. Yana bir gigant qo’shnisi Xitoy bilan rishtalar jadal tus oldi, Pekinning ta’siri kuchayib bormoqda. Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan hamkorlik nisbatan yaxshi bo’lsa-da, ko’plab imkoniyatlardan foydalanilmayapti, deydi ekspertlar.

Olma-Ota shahri bozorlarida
Olma-Ota shahri bozorlarida

Qozog’istonda AQShning birinchi bosh diplomati, 1992-95 yillardagi elchisi bo’lgan Vilyam Kortni demokratik qadriyat va talablarni eslatadi va ularni targ’ib qilishda davom etish kerak, deydi. Hozirda Kortni AQSh-Qozog’iston Biznes uyushmasini boshqaradi. Oshkoralik, erkinlik va adolat – bularsiz hech bir davlat rivojlana olmaydi va xususan iqtisodiy ravnaq topa olmaydi, deydi keksa diplomat.

Xo’sh, Qozog’iston, bugun o’zini Markaziy Osiyodagi yetakchi davlat deb tanishtirayotgan mamlakat, oshkoralik va qonun ustuvorligi tomon qanday qadamlar tashladi? Erkinlikni o’lchovchi har bir tomon nazarida Qozog’iston chorak asrdan beri yakkahokimlikda yashayotgan avtoritar tuzum. AQSh ham uni shunday ko’radi.

Biroq, deydi rasmiylar, Qozog’iston bugunga kelib muammolarni ochiq muhokama qilmoqda, yechimni ochiqchasiga izlab, tashqaridan yordam so’ramoqda. Investorlar, chet ellik ishbilarmonlar bilan muloqot o’ta samimiy va ishonchli, aks holda bu qadar sarmoya jalb eta olmagan bo’lar edi, deydi AQSh Tijorat vazirligi vakillari.

Oyto’lqin Kurmanova ham shu fikrda. Davlatchilik shakllanar ekan, arboblar va xizmatchilarning professional iqtidori ham oshib bordi va ular xalqaro me’yor va talablardan xabardor, deydi olima. Tashqi aloqalardan tortib, iqtisod va ijtimoiy masalalargacha, bugun tizimda ishlayotganlar bilim, uquv va malaka bobida ancha yuqori, deya baholaydi u. Mana shu yutuqni boy bermagan holda, oldinga ildam qadamlar tashlash kerak, ya’ni real islohotlar amalga oshirilishi lozim, deya undaydi Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazida yig’ilgan arboblar.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG