Breaking News

Qozog’istonda o’nlab gazeta, kanallar yopilishi mumkin


Oq O'rda, prezident saroyi
Oq O'rda, prezident saroyi
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining matbuot erkinligi bo’yicha vakili Dunya Miyatovich Qozog’istonda ommaviy axborot vositalariga qarshi qo’zg’atilgan qator sud ishlaridan tashvishda. Bu, deydi u, mamlakatda matbuot erkinligi va fikrlar xilma-xilligini bo’g’ishi mumkin.

Qozog’istonda kamida 30 gazeta, telekanal va vebsaytlar yopilishi ehtimoldan xoli emas. Vzglyad, Respublika, Golos Respubliki gazetalari, K+ kanali va respublika-kz.info hamda stan.tv saytlariga ekstremizm aybi qo’yilmoqda.

“Prokuraturani mazkur ishni izchil tekshirishga undaymiz. Bosma va onlayn matbuot ochiq ekani Qozog’iston xalqi uchun g’oyat ahamiyatli”, - deydi Miyatovich.

Bu orada, Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Ketrin Eshton bugun Qozog’istonda prezident Nursulton Nazarboyev va boshqa mutasaddilar bilan uchrashgan. Iqtisodiy va savdo rishtalari, Qozog’istonning Jahon savdo tashkilotiga a’zolik rejasi, mintaqaviy xavfsizlik va integratsiya kabi mavzularda fikr almashgan.

Eshton Qozog’istondan oldin Qirg’iziston, O’zbekiston va Tojikistonda bo’lib, Afg’oniston taqdiri, koalitsiya ketgach bu davlatni qo’llash masalasi, energetika, suv taqsimoti, qonun ustuvorligi va inson huquqlari kabi masalalar borasida gaplashgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG