Breaking News

Qozog'iston: 500 dan ortiq fuqaro terrorizm homiysimi?


Qozog'iston Milliy xavfsizlik qo'mitasi belgisi
Qozog'iston Milliy xavfsizlik qo'mitasi belgisi

Qozog’iston terrorizmni moliyalashda aloqador ko’rilayotgan 500 dan oshiq fuqaro ro’yxatini e’lon qilingan. Ularning aksariyatini norozilik aksiyalarida qatnashgan faollar tashkil etadi. Hukumat fuqarolik jamiyati faoliyati terrorizmga tenglashtirilayotgani yuzasidan biror izoh bermagan. Qozog’istonda kuzatilgan ommaviy noroziliklar, Aktobedagi qurolli to’qnashuvlar ortidan mamlakatdagi vaziyat hamon xavotirli qolmoqda.

Qozog’iston Moliya vazirligining monitoring qo’mitasi tomonidan chiqarilgan 584 nafar fuqaroning ismi-sharifi keltirilgan jadval “terrorchilik harakatlarini moliyalashda aloqador fuqarolar ro’yxati” deb nomlanadi.

Ro’yxatda Qozog’istonda o’tgan norozilik aksiyalari qatnashchilari, muxolif qarashdagi faollar ko’p. Jumladan, Yermek Narimbayev va Bo’latbek Bilolov kabi faollar ijtimoiy norozilik aksiyalaridagi ishtiroki uchun qamoq jazosini o’tab ham chiqqan.

Hukumat tomonidan terorrizmni moliyalashda aloqador ko’rayotgan bu fuqarolar ayni paytda silkinishda bo’lgan qozoq jamoatchiligining eng faol qismini tashkil etadi.

Muxolifatchilardan biri Aydos Sodiqov fikricha, fuqarolarning pozitsiyasi, jumladan ularning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligiga qarab tuzilgan bu ro’yxat Moliya vazirligiga emas, Xafvsizlik qo’mitasiga tegishli.

“Ro’yxatda fuqarolik jamiyati faol a’zolari, so’nggi paytda turli aksiylarda ishtirok etgan, o’z pozitsiyasi, ijtimoiy tarmoqlardagi chiqshlari uchun turli darajadan javobgarlikka tortilgan faollar ko’p. Biz bu ro’yxat Davlat xavfsizlik qo’mitasi tomonidan faollarni moddiy ko’makdan mahrum qilish maqsadida tuzilgan deb hisoblaymiz. Ro’yxatga kirtilgan fuqarolar bank xizmatlaridan, banklarda o’z hisob raqamlari ochish huquqidan ham mahrum qilingan. Rejim faollarni och qoldirishga qaror qilgan ko’rinadi, tashqaridagilardan berilayotgan yordamni kesmoqchi, ularni faqat tirikchilik o’tkazishga mahkum etmoqchi”, - deydi Sodiqov.

Fuqaro jamiyati faollari terrorizm homiylarimi?
Fuqaro jamiyati faollari terrorizm homiylarimi?

Hukumat fuqarolik jamiyati faollari aksiyasi terorrizmga tenglashtrilayotgani yuzasidan ham, ro’yxatda keltirilgan 580 dan oshiq fuqarolarni haqiqatda terorrizmga qanchalik aloqadorligi bo’yicha ham biror izoh bermagan. Bu ro’yxatga “Islom jamoati” deb atalayotgan nom’alum guruh ham kiritilgan, ammo bu guruh faoliyati haqida hozircha hech narsa ma’lum emas.

Shu oyda 20 oshiq qurbonlar berilishi bilan kuzatilgan Aktobeda qurolli to’qnashuvlar hukumat tomonidan salafiylik oqimiga mansub guruh amalga oshirgan terrorchilik xurujlari sifatida baholandi. Terrorchi guruh Suriyadagi imom tomonidan berilgan ko’rsatmaga muvofiq Aktobeda jihod rejalshtirilgani ehtimol qilinmoqda.

Bu ro’yxat mamlakatda diniy ekstremizm tahdidi jiddiyligini ifodalashi mumkinmi?

“Gap shundaki, Qozog’istonda hali biror kishi terrorizmni moliyalashda ayblangan sud jarayoni o’tmagan, rasman bunday ma’lumot yo’q. Sud qarorisiz fuqaro terrorist yoki ekstremistga chiqarilishi mumkin emas. Ro’yxat terror xavfi kuchli ekanligini ham anglatmaydi. Biz Aktobedagi voqealar rivoji hukumat tomonidan ham sahnalashtrilgan deb hisoblaymiz. Odamlarni to’satdan ov miltiqlari bilan qurolanib hujumga otlanishi mantiqqa zid. Bu yerda ularni shunga majbur etgan hukumat kuchlarini hissasi katta, bu siyosiy maydonni tozalash uchun o’ylangan sahnaga o’xshaydi”, - deydi Sodiqov.

“Ozodlik” radiosining Qozoq xizmatiga ko’ra, mamlakatdagi banklar allaqachon ro’yxatga tushgan faollarga xizmat ko’rsatishdan voz kecha boshlagan. Banklarda ularga “siz terorchilar ro’yxatida ekanligingiz uchun ham xizmat ko’rsatolmaymiz”, deb aytilayotgani xabar qlinadi.

Aktobe shahrida 5-iyun kuni noma’lum guruh qurol do’koniga, keyinchalik esa harbiy qismga tegishli qurol-yarog’ omboriga hujum qildi. Ichki ishlar vazirligi mamlakatda e’lon qilingan aksilterror amaliyotlari davomida 18 nafar terrorchi yo’q qilinganini, harbiylarda va tinch aholidan 6 kishi halok bo’lganini ma’lum qildi.

Bundan avvalroq esa mamlakatda “yer islohoti” bilan bo’gliq hukumatga qarshi ommaviy noroziliklar o’tgan, “davlat to’ntarishi qilishni rejalagan” deya sobiq amaldorlar hibsga olingan edi. Tergov davom etmoqda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG