Breaking News

Nazarboyev va Obama hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi


AQSh va Qozog'iston rahbarlari Gaagada gaplashib oldi, 25-mart, 2014
AQSh va Qozog'iston rahbarlari Gaagada gaplashib oldi, 25-mart, 2014
Gaagada bugun yakunlangan xalqaro sammit doirasida AQSh va Qozog'iston rahbarlari muloqot qilib, nafaqat yadvoriy xavfsizlik, balki boshqa sohalarda ham rishtalarni kuchaytirishga kelishib oldi.

Savdo va iqtisodiy hamkorlik - Qozog'iston uchun asosiy masala. Prezident Nursulton Nazarboyev Amerika rahbari bilan muzokarada bu davlat allaqachon Qozog'istondagi eng yirik sarmoyadorlardan biri ekanini eslatgan.

"AQSh bizneslari uchun darvoza keng ochiq. Biz sanoat va innovatsion texnologiya sohalarida yanada yaqindan ishlashni xohlaymiz",- deydi Nazarboyev.

Qo'shma Shtatlar Qozog'istonning Jahon Savdo Tashkilotiga kirishini quvvatlamoqda.

Prezident Barak Obama nazarida respublika yadroviy qurol va materiallardan voz kechishga qaratilgan targ'ibot ishlarida faol ekani tahsinga sazovor. Obama Nazarboyevga Afg'oniston bobidagi hamkorlik uchun ham minnatdorchilik bildigan.

Uchrashuv ketidan e'lon qilingan qo'shma bayonotga ko'ra, yadroviy xavfsizlik yo'lida ikki davlat bir-biriga ishongan sherik.

Respublikani sovet davridan qolgan atom qoldiqlaridan tozalash va ularning yoyilishining oldini olish, yadroviy chiqindilardan qutulish, inshootlar himoyasi va uran moddasining nomaqbul tomonlar qo'liga tushib qolmasligi uchun chora ko'rish - bugungi muloqotda shu vazifalar tilga olindi.

Qozog'istonda quyi darajada boyitilgan uranni saqlash ombori, BMT atom agentligiga qarashli inshoot, joylashishi rejalangan. Shuningdek, 2015-yilda Atom xavfsizligi bo'yicha mintaqaviy trening markazi ham shu yerda ochilishi kutilmoqda. Obama deydiki, AQSh bu loyihalarni olqishlaydi va ular amalga oshishida yordam beradi.

AQSh ko'magi bilan Alataudagi Yadroviy fizika instituti va Kurchatovdagi Atom energiyasi institutidagi uch reaktor yuqori darajali urandan quyi darajali uranda ishlashga o'tadi.

Uran va plutoniy chiqindilarni Qozog'istondan olib chiqib, Rossiyada yo'q qilish jarayoni samarali kechmoqda va "biz Amerika bilan bu boradagi hamkorlikdan ham juda mamnunmiz",- deydi Nazarboyev.
Yadroviy xavfsizlik bo'yicha xalqaro sammit, Gaaga, Gollandiya
Yadroviy xavfsizlik bo'yicha xalqaro sammit, Gaaga, Gollandiya
Prezidentlar Obama va Nazarboyev hamda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun, 25-mart, Gaaga
Prezidentlar Obama va Nazarboyev hamda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun, 25-mart, Gaaga
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG