Breaking News

Navbatdagi Silikon Vodiysiga aylanishi kutilayotgan shahar


Silikon vodiysi Amerika informatsion texnologiyalar sohasi eng rivojlangan makon bo’lishiga qaramay startap bizneslar aynan o’sha yerga intilmaydi. Sababi, Silikon vodiysi qimmat. Minglab kilometr naridagi boshqa bir shahar esa zamonaviy texnologiya bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar va kompyuter texnologiyalari muhandislarini qo’llab-quvvatlashga, navbatdagi Silikon Vodiysiga aylanishga shay.

Texnologiya sektori Kaliforniyadan ko'chadimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:59 0:00

Aynan raqamlarga e’tibor beradigan bo’lsak, informatsion texnologiyalar sanoatining shahar iqtisodiga qo’shayotgan hissasi 7,7 milliard dollar, 75 ming odam ish bilan ta’minlangan. 40 foizdan ortiq yangi ish o’rinlari ochilgan. Ishsizlik darajasi atigi uch foizni tashkil qilgan shahar Silikon vodiysi emas, Indiana shtatining Indianapolis shahriga tegishli.

“Shahrimizda informatika sohasi gullab-yashnayotganiga guvohmiz”, - deydi Kortni Spensi.

U dasturlash muhandisligi yo’nalishidagi Kenzi akademiyasiga asos solgan. Maqsad - startaplarni Amerikaning markaziy shtatlariga jalb qilish va yetuk mutaxasislar tayyorlash.

Masalan Stiv Xerberger o’z firmasiga dasturlovchilarni Silikon vodiysidan olib kelgandan ko’ra, Kenzi akademiyasi talalbalari bilan ishlamoqda.

“Avvallari dasturlovchilar yirik universitetlarda o’qitilardi, endi unday emas”, - deydi u.

Akademiyaning mahalliy firmalar bilan hamkorligi talabalar uchun qo’l keladi.

Maya Villyams o’qishni 2019-yilda tugatsa, Kenzi Akademiyasining birinchi bitiruvchilaridan bo’ladi. Tibbiyotda ishlatiladigan ilovalarni dasturlashni o’rganyapti. U Luiziana shtatidan.

“Biz tomonlarda sog’liqni saqlash tizimi yaxshi rivojlangan. Lekin texnologiyadan orqada. Informatika bo’yicha ish yo’q edi”, - deydi u.

Informatika bilan asosan erkaklardan shug’ullanib kelgan bo’lsa, akademiya xotin-qizlarni jalb qilishga urinmoqda. Hozircha 12 talabalardan uch nafari qizlar.

Kavita Kamalbabu ulardan biri.

“O’ziga ishonchi bo’lgan, to’siqlardan qo’rqmaydigan odamgina bu sohada kelajagini qura oladi”, - deydi u.

Akademiyada o’qishning yillik to’lovi 12 ming dollar. Talabalarning yarmi hozircha bir chaqa ham to’lagani yo’q. Ish topgandan so’ng to’lovni amalga oshirishga ruxsat berilgan.

Kenzi Akademiyasi Indianapolis shahri uchun muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Lekin Silikon Vodiysining qoq o’rtasigi Stanford universitetida talabalarning bunga ko’zi yetmaydi.

“Informatika makoni deganda Indianapolis emas, ko’z oldimizga Kaliforniya va Nyu-York keladi”, - deydi Stanford universiteti talabasi.

Indiana bo’lmasa, Osiyo. Kenzi akademiyasi Malayziyada filial ochish ustida bosh qotirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG