Breaking News

AQSh-Polsha razvedka bobida hamkorlikni kuchaytiradi


AQSh davlat kotibi Jon Kerri (chapda) va Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski matbuot anjumanidan so'ng, Varshava, 5-noyabr, 2013-yil
AQSh davlat kotibi Jon Kerri (chapda) va Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski matbuot anjumanidan so'ng, Varshava, 5-noyabr, 2013-yil
AQSh davlat kotibi Jon Kerri bugun Polshada bo'lib, ikki tomonlama munosabatlar bilan bir qatorda polshalik rasmiylar bilan AQShning Yevropada razvedka amaliyotlari xususida gaplashgan.

Qit’a davlatlari o’z rahbarlari va fuqarolarining Qo’shma Shtatlar tomonidan kuzatib borilganidan norozi ekan, Kerrining umid qilishicha, bu hol AQSh va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi savdo muzokaralariga ta’sir qilmasligi kerak.

Razvedka faoliyatimizga ba’zi tuzatishlar kirityapmiz, dedi Kerri Varshavada.

"Ittifoqchilarimiz fikrini bilishni istaymiz. Prezident Obama masalani ular bilan maslahatlashgan holda hal etishga tayyor. Bu bilan razvedka xizmatlarimiz o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirib, ham xavfsizligimizni, ham fuqarolar shaxsiy ma’lumotlari himoyasini ta’minlashga muvaffaq bo’lamiz", - dedi Kerri.

AQSh davlat kotibi Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski bilan iqtisodiy hamkorlik, mudofaa bobidagi aloqalar, atrof-muhit muhofazasi hamda raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini o’rnatish rejasi xususida ham gaplashgan.

Jon Kerri shu hafta Isroil va Iordan daryosining g’arbiy sohilida bo’lib, Isroil va Falastin rahbarlari bilan tinchlik jarayoni qanday kechayotganini muhokama qiladi. So’ng Kerri Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Marokash va Jazoirda ham bo’ladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG