Breaking News

AQSh Eron bilan yadro dasturi bo'yicha kelishishga harakat qilmoqda


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (o'ngdan birinchi), Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif (chapda), Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar bo'yicha mas'ul vakili Ketrin Eshton (markazda) va Ummon Tashqi ishlar vaziri Yusuf bin Alaviy, Muskat, 9-noyabr, 2014-yil
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (o'ngdan birinchi), Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif (chapda), Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar bo'yicha mas'ul vakili Ketrin Eshton (markazda) va Ummon Tashqi ishlar vaziri Yusuf bin Alaviy, Muskat, 9-noyabr, 2014-yil

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Ummonda ikki kundan beri Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif va Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar bo'yicha mas'ul vakili Ketrin Eshton bilan Tehron yadro dasturi yuzasidan fikr almashmoqda.

Eron atom dasturi bo'yicha xalqaro muzokaralarning so'nggi bosqichidan oldin tomonlar chala qolgan mavzularni muhokama qilmoqda.

Kerrining aytishicha, Eron atom dasturini cheklashga doir bitim loyihasi hali bitmagan, tomonlar ayrim mavzularda kelisha olmayapti. Prezident Barak Obamaga ko'ra, Eron yadro dasturini qisqartirsa, uning iqtisodiyotiga zarar yetkazayotgan sanksiyalardan qutuladi.

Obama ma'muriyati uchun Eron bilan yil oxirigacha dastur bo'yicha tugal kelishuvga erishish juda muhim, chunki kelasi yildan boshlab Kongressda nazorat to'laligicha respublikachilar qo'liga o'tadi.

Eron vaziriga ko'ra, G'arb sanksiyalarini Erondan olmaguncha bir to'xtamga kelishish oson bo'lmaydi. Ayni damda tomonlar Eron qancha uran boyitishi va sanksiyalarni qanday bekor qilish xususida bir fikrda emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG