Breaking News

"Islomiy davlat"ga qarshi koalitsiya Rimda uchrashdi


Amerika bosh diplomati Jon Kerrining aytishicha, qonxo'r to'dani yo'q qilish yo'lidagi xalqaro harakatlar to'g'ri yo'ldan ketmoqda.
Amerika bosh diplomati Jon Kerrining aytishicha, qonxo'r to'dani yo'q qilish yo'lidagi xalqaro harakatlar to'g'ri yo'ldan ketmoqda.

Amerika bosh diplomati Jon Kerrining aytishicha, qonxo'r "Islomiy davlat" to'dasini yo'q qilish yo'lidagi xalqaro harakatlar to'g'ri yo'ldan ketmoqda.

Lekin Liviya va Iroqda tinchlik qaror topishi uchun ko'proq ish qilinishi kerak, deydi Davlat kotibi.

Jangari guruh bir davlatdan ikkinchisini o'sib, ildiz otayotganini ko'rib turibmiz, deydi Kerri.

Bugun aynan Liviyada radikal to'daning xavfi tobora oshib borayapti, deydi u. Jon Kerri Rimda Amerika boshchiligidagi koalitsiyaga a'zo 21 davlat vazirlarining majlisida so'zladi.

Amerika diplomati "Islomiy davlat" jangari guruhi Liviyaning boy neft zaxiralarini qo'lga kiritishi, moliyaviy qudrati o'sishi mumkin ekanini, mamlakatda nizo qilayotgan tomonlar qo'shma hukumat tuzishga kelishib olishi zarur ekanini eslatdi.

Jon Kerri Suriyadagi ahvolni halokat deya ta'riflab, dunyo ahli Ikkinchi jahon urushidan beri hali bunday fojeani ko'rgan emas, dedi.

Obama: "Islomiy davlat" yer tishlaydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:28 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG