Breaking News

Jon Kerri Yaqin Sharq tinchlik jarayonini jonlantirish harakatida


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bugun Iordaniyada bo'lib, Suriya va Iroqda "Islomiy davlat"ga qarshi kurash, Quddusda yahudiylar va falastinliklar o'rtasida ziddiyatlar xususida gaplashadi.

Kerri 2013-yilda davlat kotibi bo'lganidan beri Yaqin Sharqqa o'ndan ko'p marta bordi. Iordaniyada Qirol Abdulla bilan ko'rishishi kutilmoqda.

Kerrining mintaqadagi asosiy vazifalaridan biri Isroil-Falastin tinchlik jarayoniga turtki berish. Aynan Kerrining harakatlari tufayli uch yilga to'xtab qolgan muzokaralar bir yil oldin jonlantirilgan edi. Biroq iyul va avgust oylarida Isroil va HAMAS 50 kun olishib, jarayon yana muzlab qoldi, Quddusda esa yahudiylar va musulmonlar diniy ziyoratgohlarni talasha boshladi.

Iordaniyadan so'ng AQSh davlat kotibi Birlashgan Arab Amirliklariga o'tib, tinchlk va xavfsizlik forumida qatnashadi, muzokaralar o'tkazadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG