Breaking News

Jon Kerri Londonda. Eron, Suriya masalalari muhokamada


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Londonda Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron bilan uchrashmoqda, 25-fevral, 2013-yil
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Londonda Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron bilan uchrashmoqda, 25-fevral, 2013-yil
Ilk xorijiy safarga chiqqan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bugun Londonda Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron va Tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg bilan uchrashdi. Kerri 11 kun davomida to’qqiz mamlakatni aylanadi. Jumladan, Germaniya, Fransiya, Italiya, Turkiya, Misr, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklar va Qatarni.

Kerrining Londondagi matbuot anjumanida aytishicha, AQSh Eronga yadro qurolini qo'lga kiritishiga yo'lq qo'ymaydi.

"Yadro dasturiga doir muammoni diplomatik yo'l bilan hal qilsa bo'ladi, biroq buning muddati o'tib boryapti. Bunga hozircha imkoniyat bor. Vaqt bor. Eron muzokaraga samimiy yondashishi lozim buning uchun", dedi Kerri.

AQSh davlat kotibi Suriya hukumatini Halab sharini bombardimon qilgani uchun qoralab, Assad ketishi kerak, dedi.

"Qo'shma Shtatlar Suriya mojarosining tinch yo'l bilan hal bo'lishini istaydi", dedi Kerri.

Davlat departamentiga ko’ra, Kerri Suriya muxolifati yetakchilari bilan ham muloqot qiladi.

Uilyam Xeyg amerikalik hamkasbi bilan uchrashuvda Falastin-Isroil tinchlik muzokaralarini yangilash xususida ham gap borgan.

Kerri Berlinda ham bo'lib, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan ikki tomonlama munosabatlar, Suriya mojarosi, AQShning Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi xususida gaplashadi.

Suriya hukumati prezident Bashar al-Assadga qarshi qurolli kurash olib borayotgan muxolifat bilan muzokara qilishga tayyor ekanini aytmoqda. Suriya Tashqi ishlar vaziri Valid Muallim bugun Moskvada rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuvdan so’ng shunday dedi.

Lavrovga ko’ra, Suriya mojarosini qurol bilan tugatish mumkin emas, hukumat va muxolifat murosa qilishi lozim.

Bu o’rtada bugun Damashq va Halab shaharlarida hukumat samolyotlari isyonchilar pozitsiyalarini o’qqa tutgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG