O'zbekiston va Qirg'iziston mustaqillikning 22 yilligini tantana qilar ekan, boshqa ko'plab davlatlar qatori Qo'shma Shtatlar ham bu respublikalarni istiqlol bilan tabrikladi.
Prezident Barak Obama va Davlat kotibi Jon Kerri har ikkala davlatga qutlovlar yo'llab, hamkorlik va rishtalar ahamiyatini eslatdi.
Vashington Toshkent va Bishkek bilan xavfsizlik sohasidan tortib, ta'lim va savdo-sarmoya bobida birga ishlashda davom etish niyatida, deydi Jon Kerri.
31-avgust kechqurun Toshkentdagi Mustaqillik maydonidan turib xalqqa murojaat qilar ekan, prezident Islom Karimov O'zbekistonda buyuk davlat qurish jarayoni davom etmoqda dedi.
Istiqbol yoshlar qo'lida, marra aniq, shunday ekan, yurt ravnaqi uchun mehnat qilayotgan avlodlar qiyinchiliklarga qaramay hozirgi yo'ldan qaytmasligi kerak, deydi Karimov.
Xorijdagi muxolifat nazarida esa mustaqillik olib kelgan erkinlik shabadasi hozirgi O'zbekistonda mavjud emas, inson haq-huquqlari muntazam ravishda poymol etiladi.
Millionlab o'zbekistonliklar tirikchilik og'ir ekanidan chet elda ishlab vatandagi oilasini boqayotgani respublika to'g'ri yo'ldan ketmayotganidan dalolat beradi, deydi muxolifatchilar.
Mustaqillik tantanalari oldidan prezident Karimov yangi inshootlarni tanishtirdi. U, shuningdek, katta masjidlarga borib, imomlar bilan uchrashdi. Tinchlik va taraqqiyot tilab, duolar qilindi. Davlat televideniyesida amaldagi siyosatni maqtovchi dasturlar berildi.