Breaking News

Faollar Qoshiqchining qotillarini javobgarlikka tortishga so'z berdi


Turkiyada bir yil oldin o’ldirilgan saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi xotirlandi. Muxbir Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligi xizmati binosida qirollikdan maxsus borgan odamlar tomonidan o’ldirilib chavaqlangan edi.

Xalqaro hayot - 4-oktabr, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:09 0:00

Qoshiqchining o’limi dunyo bo’ylab Saudiya Arabistoni hukumatiga qarshi kayfiyatlarni kuchaytirdi. Adolat qaror topishiga da’vatlar hanuz yangramoqda.

Istanbuldagi xotira marosimi qotillik sodir etilgan Saudiya konsulligidan bir necha metr narida o’tkazildi. Uylanish arafasida bo’lgan jurnalist konsullik binosiga hujjat olishga kirib, qaytib chiqmagan.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon uni o’ldirish uchun maxsus guruh yuborganlikda gumon qilinmoqda.

Qoshiqchining qaylig’i Hadicha Chingiz ham marosimda qatnashdi.

“Bu yerda to’plangan barcha ajoyib insonlar Jamolni jurnalist, yozuvchi, faol, do’st va ajoyib inson sifatida tanigan. U mening eng yaqin do’stim, hayotimdagi muhabbatim edi. Uni haligacha sevaman”, - dedi ayol.

Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilotlar vakillari va muxbirning do’stlari tadbirga taklif etildi. Ular orasida “Vashington Post” gazetasining egasi va “Amazon” kompaniyasining rahbari Jeff Bezos ham bo’ldi. Qoshiqchi gazeta uchun maqolalar yozib turgan.

“Sen hamisha qalbimizda bo’lasan. Yolg’iz emassan”, - dedi u.

Jurnalistning shahzoda Salmonni tanqid qiluvchi maqolalari uni shu ahvolga soldi, deydi ba’zilar.

Saudiya Arabistonida 11 odam Qoshiqchining o’limida ayblandi. Ba’zilari Istanbulga borganda nazorat kameralariga tushgan.

Valiahd shahzoda Qoshiqchini o’ldirishni buyurganini inkor etmoqda. Inson huquqlari faollarining uni javobgarlikka tortishga qaratilgan harakatlari so’nib bormoqda.

Ularning aytishicha, hatto davlat rahbarlari ham bu voqeani tarixga tezroq ko’mishga harakat qilmoqda.

“Agar Saudiya Arabistoniga o’xshash davlat o’z konsullik binosida ko’zga ko’ringan jurnalistni bemalol o’ldirib ketaversa, xalqaro tartib ayanchli ahvolga keldi deyavering. Jamol Qoshiqchining o’limi yuzasidan adolat qaror topishi muhimligini va buning natijasida dunyo bo’ylab jurnalistlar xavfsizligini ta’minlash ahamiyatini odamlarga eslatish zarur”, - dedi “Xalqaro Amnistiya” tashkilotining Turkiya bo’yicha tadqiqotchisi Endryu Gardener.

Xotira marosimi ishtirokchilari aydborlarni javobgarlikka tortishga so’z berdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG