Breaking News

Xodorkovskiy siyosatga aralashmoqchi emas


Mixail Xodorkovskiy Berlinda matbuot anjumanida so'zlamoqda, 22-dekabr, 2013-yil.
Mixail Xodorkovskiy Berlinda matbuot anjumanida so'zlamoqda, 22-dekabr, 2013-yil.
Rossiya qamog’idan ozod etilib, Germaniyaga jo’nab ketgan sobiq tadbirkor Mixail Xodorkovskiyning aytishicha, u kelajakda siyosat bilan shug’ullanmoqchi emas.

Soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlaganlikda va moliyaviy qalloblikda ayblanib, 10 yil qamoqda o’tirgan Xodorkovskiy o’tgan hafta prezident Vladimir Putin tomonidan avf etildi. U bir paytlar “Yukos” yirik neft kompaniyasining rahbari bo’lgan.

Xodorkovskiy Rossiya matbuotiga intervyu berib, hech bir shartsiz ozod etilganini aytadi.

Sobiq milliarder o’zini hanuz aybsiz deb biladi, ammo Rossiya qonunchiligida avf so’ragan odam aybiga iqror bo’lgan hisoblanadi.

Xodorkovskiy Rossiyada yashamoqchi ekanini aytadi, ammo ba’zi xabarlarga ko’ra, u yarim milliard dollardan ortiq iqtisodiy zararni qoplashi kerak bo’lgani uchun, hozircha vataniga qayta olmaydi.

Xodorkovskiy tadbirkorlik bilan ham shug’ullanmasligini aytdi.

“Qamoqdan chiqqanimga bir necha soat bo’ldi. Kelajak rejalarim haqida hozir aniq ayta olmayman”, - dedi u.

U Rossiya qamoqxonalarida saqlanayotgan siyosiy mahbuslar ozodligi yo’lida harakat qilishini aytdi. Xodorkovskiyning aytishicha, Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich Putindan o’rnak olib, qamoqdagi sobiq bosh vazira Yuliya Timoshenkoni ozod etishi lozim.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG