Breaking News

Shimoliy Koreya janub bilan tinchlik bitimiga chaqirmoqda


Shimoliy Koreya birinchi vitse-vaziri Kim Kay Gvan
Shimoliy Koreya birinchi vitse-vaziri Kim Kay Gvan

AQShda muzokara qilgan Shimoliy Koreya delegatsiyasi Janubiy Koreya bilan tinchlik bitimini tuzib, Koreya urushiga rasman chek qo'yishni taklif qilmoqda.

Shimoliy Koreya davlat axborot agentligi xabariga ko'ra, bunday bitim Koreya yarim orolidagi ziddiyatlarni yumshatib, atom dasturi bo'yicha boshi berk ko'chaga kirib qolgan muloqotni jonlantirishga yordam beradi. Shimol va janub o'rtasida 1950-yilda boshlangan urush uch yil o'tib sulh bilan yakunlangan, ammo ikki davlat shu kungacha urush holatida.

AQSh va Shimoliy Koreya rasmiylari Nyu-Yorkda uchrashgan. Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirning birinchi o'rinbosari Kim Kay Gvanning aytishicha, Amerika bilan munosabatlarni yaxshilashga umid bor va bu ishni hozir qilgan ma'qul.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG