Breaking News

Oq uy harbiy karvon haqida yanglish xabar tarqatganini rad etdi


O'tgan hafta Qo'shma Shtatlar harbiylari Karl Vinson harbiy kemasi boshchiligidagi karvon Singapurdan Koreya tomon yo'l olayotganini e'lon qilgan edi
O'tgan hafta Qo'shma Shtatlar harbiylari Karl Vinson harbiy kemasi boshchiligidagi karvon Singapurdan Koreya tomon yo'l olayotganini e'lon qilgan edi

Oq uy Qo'shma Shtatlarning jangovar kemalari qayerga yo'l olayotgani haqida yanglish ma'lumot tarqatganini rad etmoqda. Sal oldin kemalar Shimoliy Koreya tomon harakat qilayapti, deyilgan edi. Ammo aslida ular teskari yo'nalishda ketayotgani bo'lgan.

O'tgan hafta Qo'shma Shtatlar harbiylari Karl Vinson harbiy kemasi boshchiligidagi karvon Singapurdan Koreya tomon yo'l olayotganini e'lon qilgan edi.

Bir kun o'tib Pentagon rahbari Jim Mattis buni shunday izohladi.

"Jangovar kema Tinch okeani bo'ylab erkin harakatlanadi. O'sha damda avianosetsni shimolga safarbar etishni ma'qul deb topdik", - dedi u.

Bu bayonot ketidan matbuot kemalar to'dasi Koreya suvlariga jo'nabdi ekan, deya xulosa qildi.

Ketidan Prezident Tramp matbuotga bergan intervyusi bilan bu iddaolarni tasdiqlaganday bo'ldi.

"Juda qudratli harbiy dengiz flotini safarbar etdik. Suvosti kemalarimiz bor. Juda qudratli kemalar bular", - deydi Tramp.

Ammo oradan bir hafta o'tib, karvon teskari yo'nalishda harakatlanayotgani ayon bo'ldi. Koreyadan uzoqlashayotgani, yarimoroldan 5 ming kilometr narida ekani aniqlandi.

Oq uyda ismini aytishni xohlamagan manbalar buni tushunmovchilik deya izohlayapti.

Ammo Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser buni rad etmoqda.

"Prezident kemalar yarimorolga qarab ketayapti dedimi, bu haqiqat. Ayni damda avianosetslar yo'lda", - deydi Spayser.

Oq uy matbuot kotibi yanglishmovchilikda jurnalistlarni ayblab, mavzuga Pentagon bilan bog'lanib aniqlik kiritishlari kerak edi, deydi.

Bu orada, Pentagon Karl Vinson harbiy armadasi nihoyat Koreyaga yo'l olgani, aprelda manzilga yetishini aytmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG