Breaking News

Seul, Pxenyan Kesongni ochish masalasida kelishmadi


Janubiy Koreya askarlari chegarani, Kesong majmuasiga yetaklovchi yo'lni qo'riqlayapti.
Janubiy Koreya askarlari chegarani, Kesong majmuasiga yetaklovchi yo'lni qo'riqlayapti.
Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya qo’shma sanoat markazini qayta ishga tushirish yuzasidan kelisha olmadi. Taraflar bugun uchrashgan edi.

Seul rasmiylarining aytishicha, Kesong majmuasini ochishga doir muzokaralar dushanba davom etadi. Bu inshoot ikki raqib davlatni ajratib turuvchi betaraf, noharbiy bir zonada joylashgan.

Qo’shma loyiha aprel oyidan beri yopiq. O’shanda Shimoliy Koreya yadro quroli va raketani sinovdan o’tkazib, xalqaro sanksiyalarga uchragan edi.

Norozi Pxenyan 53 ming ishchisini sanoat majmuasidan olib chiqib, ishlab chiqarishni to’xtatgan.

Janubiy Koreya bugungi muzokaraga kirishar ekan, oldindan ogohlantirish bilan chiqdi – kelgusida qanday kelishmovchilik bo’lmasin, inshoot faoliyati davom etishi kerak.

Bundan tashqari, janubiy koreyalik bizneslarga qulay imkoniyat yaratilsin, deya talab qiladi Seul.

2004-yilda ishga tushgan Kesong ikki davlatni bog’lab turgan yagona proyekt.

Janubiy Koreya biznes imkoniyatlari va Shimoliy Koreyaning arzon ishchi kuchiga suyanuvchi bu sanoat markazi yo’qsil shimol uchun muhim daromad manbai sanaladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG