Breaking News

Kanada kompaniyasi Qirg'iziston hukumatini oltin konini tortib olganlikda ayblamoqda


Qirg’iziston hukumati parlamentda qabul qilingan yangi qonunga muvofiq “Kumtor” oltin koni boshqaruvini o’z qo’liga olishi ketidan bungacha kon boshqaruvi bilan shug’ullanib kelgan asosiy sarmoyador Kanadaning “Centerra Gold” kompaniyasi xalqaro arbitraj sudiga shikoyat qilib, Qirg’iziston hukumatini konni tortib olish harakatida aybladi.

Xalqaro hayot – 1-iyun, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:37 0:00

Xitoy chegarasiga yaqin tog’larda joylashgan “Kumtor” dunyodagi ikkinchi yirik oltin koni bo’lib, o’tgan yili uning daromadi Qirg’iziston yalpi ichki mahsulotining 12 foiziga teng bo’ldi.

Hukumat komissiyasi xulosasiga ko’ra, “Centerra Gold” o’zining mas’uliyatsiz harakatlari bilan atrof-muhitni ifloslantirgan, “Kumtor” ishchilari va mahalliy aholi xavfsizligiga xavf solgan.

Ayrim kuzatuvchilar hukumatning bunday harakati ortida Prezident Sadir Japarov turganini aytarkan, bu ishga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan 24-may kuni Sochida bo’lib o’tgan uchrashuvidan oldin qo’l urganiga ishora qilib, Rossiyaning ham bunga aloqadorligini taxmin qilmoqda.

Oltin konining davlat tasarrufiga o’tkazilishi ketidan “Centerra Gold” uning Qirg’izistondagi ikkita kompaniyasi Nyu-York sudiga bankrotlik haqida ariza berganini bildirdi.

Qirg’iziston hukumatiga ko’ra, kompaniya bir milliard tonnadan oshiq jismlarni tog’dagi muzliklarga tashlab, ekologiyaga zarar yetkazgan. Biroq kompaniya prezidenti Skott Perrining aytishicha, kon faoliyatini har yili nazorat qiluvchi va tekshiruvchi davlat idoralari biror tuzatish talab qilmagan.

Unga ko’ra, bankrotlik Qirg’iziston hukumatining kompaniya mulki va aktivlaridan mahrum qilish harakatlariga to’siq qo’yadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG