Breaking News

"Chegara bilmas shifokorlar" Qunduzni tark etdi


Kasalxona binosi hujumdan so'ng
Kasalxona binosi hujumdan so'ng

Afg'onistonning Qunduz shahrida "Chegara bilmas shifokorlar" xalqaro tashkilotiga qarashli kasalxona AQSh havo hujumiga uchraganidan so'ng tashkilot shimoldagi bu shaharda barcha faoliyatini to'xtatib, Qunduzni tark etganini bildirmoqda.

Guruh vakillari havo hujumi paytida kasalxonada jangarilar davolanayotgani haqidagi xabarlarni inkor etmoqda. Biroq Ichki ishlar vazirligi va Qunduz viloyat hokimi lavozimini vaqtincha bajarayotgan Hamidulla Donishiyning bildirishicha, 10-15 tolib kasalxonada yashirinib, o'sha yerdan o't ochgan.

Hujum oqibatida 22 odam, jumladan 3 bola o'lgan.

"Chegara bilmas shifokorlar"ning da'vo qilishicha, AQSh va afg'on rasmiylariga hujum haqida xabar berilganidan keyin ham kasalxona yana 30 daqiqa o'qqa tutilgan.

Tashkilot prezidenti Meyni Nikolay hujumni xalqaro gumanitar qonunga xilof deya, xalqaro koalitsiya kuchlariga voqeani taftish qilish talabini olg'a surdi.

Guruh vakillarining ma'lum qilishicha, kasalxonaning aniq joylashuvi Afg'onistonda o'zaro jang qilayotgan barcha tomonlarga seshanba kuni uzatilgan edi.

AQSh Prezidenti Barak Obama qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirdi. Mudofaa vaziri Eshton Karterning aytishicha esa, fojia afg'on tomoni bilan hamkorlikda sinchkovlik bilan tergov qilinadi.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun va BMTning inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn voqeani qoraladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG