Breaking News

Xalqaro tashkilotlar Qirg'iziston hukumatini elatlararo muloqotni kuchaytirishga chaqirmoqda


Xalqaro tashkilotlar Qirg'iziston hukumatini elatlararo muloqotni kuchaytirishga chaqirmoqda
Xalqaro tashkilotlar Qirg'iziston hukumatini elatlararo muloqotni kuchaytirishga chaqirmoqda

BMT, Yevropa Ittifoqi hamda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakillari huquq-tartibot organlari ishini isloh qilishga da’vat etgan.

BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Miroslav Yencha, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Qirg'izistondagi vakili Gerbert Salber va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Pyer Morel Qirg'iziston poytaxti Bishekka safar qilib, sobiq prezident Qurmanbek Bakiyevni hokimiyatdan ketishga majbur qilgan 2010-yil aprel voqealarini eslagan.

Elchilar o'tgan yil iyun oyida janubdagi etnik zo'ravonliklarga ham to'xtalib, muloqot, bag'rikenglik va murosani kuchaytirishga chaqirgan.

BMT, Yevropa Ittifoqi hamda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakillari parlament va hukumat ishini yaxshilab, uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashni jadallashtirishga, huquq-tartibot organlari ishini isloh qilishga da'vat etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG