Breaking News

Tojikiston va Qirg'iziston hozircha sulhga amal qilyapti


O’tgan hafta Tojikiston va Qirg’iziston o’rtasidagi chegara to’qnashuvlari oqibatida salkam 100 odam o’lgan. Ikki kun oldin erishilgan sulh kelishuviga hozircha amal qilinyapti.

Xalqaro hayot - 19-sentabr, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:11 0:00

Rossiya unga ittifoqdosh bu mamlakatlarni tinchlikka chaqirdi. So’nggi bor Qirg’izistonning Botken va Tojikistonning So’g’d viloyatlarida to’qnashuv 2021-yil aprelida ro’y berib, 50 dan ortiq odam o’lgan edi.

Bu gal qurbonlarning 46 nafari qirg’izistonlik, 35 nafari tojikistonlik ekani aytilmoqda. Bishkek hududda 137 ming odam evakuatsiya qilinganini ma’lum qildi. Mamlakat bugun motamda. Mojaroni bosqin deb atagan qirg’iz matbuotiga ko’ra, evakuatsiya qilinganlar yakshanbadan beri uylariga qayta boshlagan.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi qo’shni mamlakatni o’ziga qarshi matbuot kampaniyasini davom ettirayotganlikda ayblamoqda.

Qirg’iziston Prezidenti Sadir Japarov shanba kungi chiqishida Tojikistonga nisbatan “dushman” so’zini ishlatdi.

Yakshanba kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Japarov va tojik rahbari Emomali Rahmon bilan telefonda gaplashib, ularni ziddiyatlarni yumshatishga, muammoni tinch yo’l bilan hal qilishga chaqirib, o’z yordamini taklif etdi.

Japarov xalqqa bugun ham murojaat qilib, armiya va strategik hamkorlarga ishonishga chaqirdi, chegaraga ko’ngillilarni yuborishga hojat yo’qligini aytdi.

Dushanbega ko’ra, mojaroni Qirg’iziston birinchi bo’lib boshlagan. Tashqi ishlar vazirining o’rinbosari Sodiq Emomining aytishicha, Qirg’izistonda Tojikiston fuqarosi bo’lmagan tojiklar ushlanmoqda, tunda Tojikiston hududi uzra qirg’iz dronlari uchib yuribdi.

So’nggi 20 yilda chegarada 230 dan ortiq noxush holat ro’y bergan, deydi rasmiy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG