Breaking News
Din

Qirg'izistonda imomlar imtihon topshirmoqda, jamoatchilik nima deydi?


O'sh, Qirg'iziston
O'sh, Qirg'iziston

Qirg’izistonda imomlar imtihondan o’tkazilmoqda. O’tgan yilning kuzida boshlangan jarayon respublika musulmonlari Diniy boshqarmasi tomonidan Din ishlari bo’yicha davlat agentligi hamda Milliy xavfsizlik kengashi ishtirokida tashkil etilgan. Masjid va boshqa diniy maskanlar xodimlarining saviyasini aniqlash maqsad qilingan.

Qirg'izistonda imomlar imtihondan o'tmoqda - Muhiddin Zarif
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:55 0:00

Sinov mahalliy mutaxassislar orasida munozaralarga sabab bo’lmoqda. Ayrimlar diniy amaldorlarni saralashni ijobiy hol deb ko'rsa, boshqalar nazarida davlat diniy idoralar ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi.

Mustaqillik yillari Qirg’zistonda ibodatxonalar soni keskin ko’paygan. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, hozirda o’lkada 2300 dan ziyod masjid va o’nlab diniy o’quv yurtlar faoliyat ko’rsatmoqda.

O’sh davlat universiteti professori Arap Anarbayev fikricha, ushbu maskanlar xodimlarining saviyasi ko’p hollarda talabga javob bermaydi. Ammo din xizmatchilari faoliyatiga, ularga baho berishga davlat aralashishi ma’qul emas, deydi olim.

“Din xizmatchilarini attestasiyadan o’tkazish kerak. Chunki bizda chalasavod mullalar ko’p, chalasavod mulla din buzadi, deb esa bekorga aytilmagan. O’lkamizda bir necha oliy o’quv yurtlari din bo’yicha mutaxassislar tayyorlamoqda. Bu dargohlarni tamomlaganlarning ko’pi ishsiz yuribdi. Ayni paytda to’liq bilimga ega emas odamlar diniy masalalarni xalq orasida o’zi bilgancha talqin qilmoqda”, - deydi professor.

Uningcha, diniy muassasalarga bilimdon, yetuk kadrlarni jalb etish bu idoralarning, demakki, islom dinining obro’-e’tiborini ko’tarishga, ikkinchi tarafdan - din va davlat manfaatlarini uyg’unlashtirishga xizmat qiladi.

Olim ayrim diniy idoralar, jumladan, Qirg’iziston musulmonlari Diniy boshqarmasining yuqori tizimlarida o’rin olgan korrupsiya hollari haqidagi xabarlardan tashvish bildiradi.

Qirg’izistonda taniqli ulamo, Jalol-Obod shahridagi Islom ta’lim markazi, nodavlat tashkilot, boshlig’i Dilmurod hoji O’ro’zov imomlarni test sinovlaridan o’tkazish tadbirini diniy idoralar ustidan nazorat o’rnatish harakati, deb baholaydi. Unungcha, maqsad aytilgan idoralarni chizilgan chiziqdan chiqmaydigan, yuqoridagilar nima deyishsa, xo'p bo’ladi, deydigan odamlar bilan to’ldirish.

Aytish joizki, “din xizmatchilari, imomlar radikal oqimlar bilan samarali kurasha olmayapti”, degan fikr Qirg’iziston davlat tizimlati hamda aholining ayrim qatlamlari orasida anchadan buyon mavjud. Imomlarni saralash zikr qilingan masalada faol arboblarni rag'batlantirishni ham ko’zda tutadi.

“Kurasha olmayapti emas, kurashishmayapti, chunki bunga qiziqishlari yo’q, yuraklari dov bermaydi, qo’rqishadi”, - deydi Dilmurod O’ro’zov bunday ta’nalarga o’z munosabatini izhor etar ekan.

“Imomlarni imtihondan o’tkazish hamda boshqa tadbirlarga kelsak, menimcha, din sohasida tartib-intizom o’rnatamiz, degan so’zlar bilan o’z tartib-intizomlariga solib olishayotgan ko’rinadi”, - deydi suhbatdosh.

“Mayli, davlat shundan foyda qiladigan bo’lsa, boshlangan narsalar yaxshi ketadigan bo’lsa, yahshi. Lekin qo’shni O’zbekistonga, Tojikistonga o’xshab hammani bir qolipga solib qo’yishga harakat bo’lsa, unda qanday rivojlanish bo’ladi”? - deya xavotir bildiradi u.

XS
SM
MD
LG