Qirg’iziston mol bozorlari gavjum. Joriy kuz qo’y narxi ancha arzonlagan. 20-25 foiz tushgan. Bunga hayvonlarning yaylovlardan qaytgani, umuman jonivorlar soni ko’paygani sabab bolayotir, deydi mahalliy aholi vakillari. Boqilgan qo’chqorni 6-7 ming so’m, ya’ni taxminan 130-150 AQSh dollariga sotib olish mumkin.
Dehqon bozorlari meva-chevaga to’la. Udumga ko’ra, bayram arafasida shahar-qishloqlar toza libosga o’rangan. Hamma supirib-sidirish, yuvib-tarash, atrofga ham, honadoniga ham, qolaversa qalbiga ham oro berish bilan ovora.
Arafa kuni mahallalarda osh tortiladi. Odamlar bir-birini yo’qlaydi. O’sh shahri ko’chalarida qariyu-yosh sayrga chiqadi.
Bayram namozi o’qiladi. Bu yili O’shning Sulaymon Tog’i etagida mamlakatda eng yirik masjidlardan biri ochildi.
Imonimiz bud bo’lsin, tinchli-hotirjamlik bo’lsin, deydi Qirg’iziston ahli.