Breaking News

Bishkekda norozi omma Ota Yurt partiyasi idorasiga bostirib kirgan


Partiyalar parlamentdagi o’rinlar uchun ayovsiz kurashga kirishar ekan, bu hujum vaziyatni izdan chiqarishi, yangi zo’ravonlikka turtki berishi mumkin, deydi tahlilchilar
Partiyalar parlamentdagi o’rinlar uchun ayovsiz kurashga kirishar ekan, bu hujum vaziyatni izdan chiqarishi, yangi zo’ravonlikka turtki berishi mumkin, deydi tahlilchilar

Qirg’iziston poytaxti Bishkekda bir to’da odam yetakchi partiya – Ota Yurt qarorgohiga bostirib kirib, yakshanba kungi parlament saylovlarida qatnashmaslikni talab qilgan.

Sobiq prezident Qurmanbek Bakiyev izdoshlari a’zo bu partiya saylovda salmoqli ovozni qo’lga kiritishi kutilmoqda.

Taxminlarga ko’ra, Ota Yurt Roza Otunbayeva ma’muriyatiga qarshi kayfiyatdagi boshqa partiyalar bilan koalitsiya tuzishi mumkin.

“Ota Yurt eski tartibni qayta tiklamoqchi va isyonkor ruhdagi kishilarni, amaldagi rahbarlarni qamoqqa olmoqchi. Shu sababli ularga qarshimiz”, - deydi Artur Abduholiqov, namoyishchilardan biri.

Xabarlarga ko’ra, Ota Yurt partiyasi rahbari Qamchibek Tashiyev yaqinda internetda e’lon qilgan video-murojaatida Bakiyevni Qirg’izistonga qaytaramiz, deya va’da bergan.

Biroq partiya rasmiylari Tashiyevning so’zlari noto’g’ri talqin qilingan, bari hukmron kuchlarning provokatsiyasi, deydi.

Partiya idorasiga hujum qilgan kishilar “apreldagi g’alayonda o’lgan fuqarolarning yaqinlarimiz” deya, Bakiyevni sudga tortishga chaqirgan.

Partiyalar parlamentdagi o’rinlar uchun ayovsiz kurashga kirishar ekan, bu hujum vaziyatni izdan chiqarishi, yangi zo’ravonlikka turtki berishi mumkin, deydi tahlilchilar.

Qirg’izistonda yozgi referendum natijasida parlament vakolatlari oshirilgan, prezident vakolatlari qisqartirilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG