Breaking News

Bakiyevga 24 yil qamoq jazosi belgilandi


Qirg’iziston sudi sobiq prezident Qurmanbek Bakiyevni mansabni suiiste’mol qilganlik aybi bilan 24 yil qamoq jazosiga mahkum etgan.

Uning mol-mulki musodara qilingan. Sobiq rahbar o'z faoliyati bilan mamlakatga qattiq ziyon yetkazgan, deyiladi sud xulosasida.

Bakiyevning inisi, xavfsizlik xizmati sobiq rahbari Janish Bakiyevga qotillik va boshqa jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi berilgan.

Bishkek sudi hukmida aytilishicha, ikkisi prezident ma’muriyati sobiq rasmiysi Medet Sadirkulovning o’limiga aloqador.

Sadirkulov va yana ikki odamning yoqib yuborilgan jasadi 2009-yilda topilgan edi. Tergovchilarning aytishicha, bari avval o'ldirilgan, keyin yoqilgan.

Bakiyev va uning oilasi hozir Belarusda jon saqlamoqda.

Qirg’iziston hukumati Minskdan Bakiyevni ekstraditsiya qilishni talab qilib keladi. Biroq Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko rad javobi bergan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG